Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog‘istonda xotinini 7 marotaba pichoq urib o‘ldirgan e | Jalol Murad

Qoraqalpog‘istonda xotinini 7 marotaba pichoq urib o‘ldirgan erkak sud qilindi

Joriy yilning 23 avgust kuni Qoraqalpog‘istonda ayoli bilan ajrashgan erkak qizlarini ko‘rish uchun ularning oldiga borgan.

Erkak ayoli bilan ajrashganidan so‘ng unga aliment pullarini to‘lamagan. Bu esa ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtada janjal kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Aniqlanishicha, ayol sobiq erining yuziga tarsaki tushirgan. Shundan so‘ng, erkak jahl ustida ayolni 7 marotaba pichoqlagan. Natijada ayol vafot etgan.

Sobiq ayolini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Unga nisbatan JKning 97-moddasi bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

@jalolmurad • Manba