Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda 8 ta transport to‘qnashdi Kecha, 12 dekabr kuni To | Jalol Murad

Toshkentda 8 ta transport to‘qnashdi

Kecha, 12 dekabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 15:00 da Chilonzor tumani Do‘mbirobod chorrahasida yuz bergan. 70-son yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Labo, Spark, Nexia-3, ikkita Matiz, Lacetti va Nexia-2 avtomobillari to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida avtobus yo‘lovchisi va Labo haydovchisiga tan jarohati olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

@jalolmurad • Manba