Get Mystery Box with random crypto!

Kanadada yomon ob-havo tufayli 200 mingdan oshiq odam elektr q | Jalol Murad

Kanadada yomon ob-havo tufayli 200 mingdan oshiq odam elektr quvvatisiz qolgan

Kanadaning Ontario provinsiyasida yuz bergan kuchli shamol 200 mingdan oshiq fuqaro uyida chiroq o‘chishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda provinsiyada elektr energiyasini yetkazib berish vazifasini bajaruvchi Hydro One kompaniyasi ma’lum qildi.

"200 mingdan oshiq iste’molchi davom etayotgan shtorm tufayli elektr energiyasisiz qoldi. Provinsiyaning po‘rtanadan ko‘proq zarar ko‘rgan janubiy, markaziy va sharqiy tumanlari ham tunda elektrsiz qolishi kutilmoqda" – deyiladi kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida.

Tezligi 100 km/s bo‘lgan kuchli shamol shanba kuni, g‘ayritabiiy issiqlikdan so‘ng boshlangandi. Kanada milliy meteobyurosining aytishiga qaraganda, hali ham davom etayotgan shamol bino derazalari oynalarini sindirmoqda, daraxtlarning qulashiga sabab bo‘lmoqda.

@jalolmurad • Manba