Get Mystery Box with random crypto!

Fuqarodan 1,5 mln dollar talab qilgan hokimlik mansabdori qo‘l | Jalol Murad

Fuqarodan 1,5 mln dollar talab qilgan hokimlik mansabdori qo‘lga olindi

Olmazor tumani hokimligining mansabdor shaxslaridan biri noqonuniy daromad olish maqsadida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga plastik quvurlar ishlab chiqaruvchi zavod qurishi uchun Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 12 gektar yer olib berish evaziga 1 mln 560 ming AQSH dollari talab qiladi.

Shundan so‘ng ular Toshkent shahridagi restoranlardan birida avans sifatida 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Markaziy bankning Toshkent shahar boshqarmasi xodimi esa fuqaroni subsidiya hisobidan uy-joy oluvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming dollar olayotganda ushlangan.

Ikkala holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

@jalolmurad • Manba