Get Mystery Box with random crypto!

Sizning haqqingiz yo'q Sizni sevgan va sizdan ko'ngil uzolma | Jaloliddin|Blog

Sizning haqqingiz yo'q

Sizni sevgan va sizdan ko'ngil uzolmagan insonlarning dilini og'ritib , ulardan xohlaganingizcha foydalanishga haqqingiz yo'q . Agar siz o'sha pokiza tuyg'ularini isrof qilgan go'zal qalbli insonlarning qadrini bilgan bo'lganingizda , derazadan qaraganingizda gullarning tikonlarini ko'rishning o'rniga bahorning va sevgining mujdasini keltiradigan moychechaklarni ko'rardingiz . Dunyoda faqatgina haqiqiy muhabbatning ko'p narsaga qodir ekanligini idrok eta olganingizda , haqiqiy ishqni o'z ichiga olgan yurakka hech qanday yomonlik ravo ko'rilmasligi kerakligini payqardingiz . Chorasizligidan taslim bo'lgan insonlardan foydalanishdan ko'ra , ularni tushgan nochor vaziyatidan qutqarib oling . Hatto o'zi tushgan nochor holatda ham sizni sevishdan bir on to'xtamagan insonlarni pastga urmang . Tuyg'ular o'yinchoq emas , ular bilan zinhor o'ynamang . Orzular osonlikcha vujudga kelmaydi , ularni puchga chiqarmang . Hayotda faqat orzulari bilan ovunadigan insonlarning qo'lidan shu imkoniyatni ham tortib olmang . Siz boshiga tinmay qaro kunlar solgan insonlaringiz bir kun sizning halokatingiz bo'ladi . Shunda sizni hech kim qutqara olmaydi .