Get Mystery Box with random crypto!

Rasuli akramga qanday ummatmiz? Iymondan chekinib , g'aflatg | 📚Jalolddin Rumiy🍁

Rasuli akramga qanday ummatmiz?

Iymondan chekinib , g'aflatga botdik,
Qalblarni parchalab , shaytonga otdik.
Haromdan yeb-ichib , halolni sotdik.
Qiyomatda Allohimga nima degaymiz?
Rasuli akramga qanday ummatmiz?

Nafsimiz koriga kirib tun-u kun,
Yetimlar moliga qilib biz hujum.
Oxiratni unutib dunyo ish uchun
Qiyomatda Allohimga nima degaymiz?
Rasuli akramga qanday ummatmiz?

Qoraydi yuraklar, g'iybatga to'lib,
Dilimiz mash'ali g'unchadek so'lib.
Ummatni ranjitdik musulmon bo'lib
Qiyomatda Allohimga nima degaymiz?
Rasuli akramga qanday ummatmiz?

Qur'onni alishdik shayton kuyiga,
Masjidni alishdik shayton uyiga
Ruhimiz topshirdik shayton qo'liga.
Qiyomatda Allohimga nima degaymiz?
Rasuli akramga qanday ummatmiz?

Yaxshi amal qilib, iymonga o'tib
Bari g'am-tashvishni jarlikka otib
Do'stlar, keling, yashaylik jannatiy bo'lib
Qiyomatda Allohimning yuzin ko'rgaymiz,
InshaAlloh Muhammadga sodiq bo'lgaymiz!

Dadajonov Dilmurodjon

@Jalolddin_Rumiy