Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshilik yo'lida qilingan foydali loyiha Assalomu alaykum. B | Jakhadev

Yaxshilik yo'lida qilingan foydali loyiha

Assalomu alaykum. Bugun barchangizga ajoyib bir loyihani boshlaganimizni e'lon qilmoqchimiz.

Mobilers jamoasi - mobil dasturlash sohasida global yechimlarni olishga va dasturchilar uchun foydali kontent beruvchi loyihani boshladi.

Xo'sh bu loyiha qanday yo'nalishlardan iborat bo'ladi:

Tutorials - bunda mobil dasturlash bo'yicha video-darsliklar berib boriladi. Eng qiziqarlisi sizga qiziq bo'lgan istalgan mavzular bo'yicha e'tiboringizga havola etiladi.

Interviews - dasturchilar bilan ish beruvchi o'rtasidagi intervyular. Biz xohishi bor dasturchilarni intervyularga chorlaymiz. Bu bilan dasturchini qanday bilimga ega ekanligini ko'rsatib berish hamda intervyularga tushadigan savollarga oldindan tayyor bo'lishligini ko'rsatib berishdan iborat.

Blogs - o'zbek tilidagi bloglarimiz shu kanalda o'z ishini davom ettiradi. Sizlar uchun yangi blog postlarni tez orada havola etamiz.

Q&A - mobil dasturlash bo'yicha savollarga javoblar beramiz. O'zingiz qiziqtirgan savollarga jamoamiz sizga javob topishingizga ko'mak beradi.

@mobilers_uz