Get Mystery Box with random crypto!

Milliarder fermer opa bilan suhbat Suratdagi opamiz Rishton t | Jahon Xabarlari

Milliarder fermer opa bilan suhbat

Suratdagi opamiz Rishton tumanidagi “Agronom Aliyev” fermer xo‘jaligi rahbari Aliyeva Nodira Ibroximovna. Bugun shu fermer opamiz bilan biroz suhbatlashdik.

Nodira opa 10 yil oldin — 2013-yili fermerlikni boshlagan ekanlar. O’zlari bunga qadar fermerlikdan uzoq bo’lganlar, “Kamolot” va “Kamalak” tashkilotlarida ishlaganlar.

“Ammo qaynotam va turmush o’rtog’im agronom-olim bo’lganlari uchun, ularga suyanib ish boshlaganman. Hoziram qishloq xo’jaligini yaxshi bilaman deb maqtana olmayman, yaxshiyam meni qo’llab turadigan yaqinlarim bor”, - deydilar Nodira opa.

Hozirda fermer xo’jaligida 93,3 gektar yer bor, asosan paxta va g’alla yetishtiriladi. Yaqindan boshlab biroz chorvachilik ham yo’lga qo’yilgan, kelgusida asalarichilik va parrandachilikni ham boshlamoqchilar.

2013-yili ilk marta shu ishni boshlaganlarida 60 gektar yerdan 7 mln so’m foyda bilan chiqqan ekanlar. “Sir bo’lmasa, o’tgan yili qancha daromad qildingiz?” - deb so’radim.

“Milliondan milliardga chiqdik, Allohga shukr”, - deb kuldilar.

2022-yili paxtadan 1,3 mlrd so’m, g’alladan 550 mln so’m daromad qilibdilar.

G’alladan 85 sentner hosil olganlar. Shunda davlat rejasini ham, klaster bilan tuzilgan fyuchers shartnomasini ham bajarganlar, 13 tonna bug’doyni birjada sotganlar va bundan tashqari yana 40 tonna bug’doy o’zlariga qolgan.

Suhbatimiz davomida yana ko’p qiziq fikrlarni aytgandilar, lekin ular bitta postga sig’maydi afsuski.

Nodira opa bilan suhbatlashib, “Sendan harakat, mendan barakat” deb bejiz aytilmaganiga yana bir bor ishondim.

Yaxshi niyat bilan harakat qilayotgan hamma fermer va dehqonlarimizning hosiliga Alloh baraka bersin.


Jahon Xabarlari — Eng tezkor va maʼlumotlar tasdiqlangan kanal