Get Mystery Box with random crypto!

Raqobat Bu insonning o’sishiga yordam beradigan juda kuchli n | Jahongir Nematov | Blog

Raqobat

Bu insonning o’sishiga yordam beradigan juda kuchli narsalardan biri.

- Do’stingiz bomdodga sizdan vaqtliroq tursa, siz ham undan oldinroq turishga harakat qilasiz
- Do’stingiz sahar ertalabdan dars qilsa, ertasi kuni u turgan vaqti dars qilayotgan holda bo’lishga urinasiz
- Do’stingizni mushaklari bo’rtib chiqayotgan bo’lsa, siz ham shug’ullanishni boshlaysiz
- Kitob o’qisa, siz ham kitobni o’qiysiz
- Post yozsa, orqasidan post yozgiz keladi )

Eng muhimi - sog’lom raqobat. Bomdodga sal vaqtliroq turib o’zingizni taqvodorga yoki sahardan dars qilib, ilm ahliga chiqarib olmang.
Kibr ahliga kirib qolasiz )

P.S
Bu albatta do’stlarga bog’liq. Aks holda divanda yotish, ko’p uxlash bo’yicha musobaqa qilasizlar

@jahongirnematov_blog