Get Mystery Box with random crypto!

Bir erkak ko'chada ketayotib qoqilib yiqilibdi, hamma yeri zir | Miss I's blog

Bir erkak ko'chada ketayotib qoqilib yiqilibdi, hamma yeri zirqirab og'rib zo'rg'a turibdi va:
-Allohim, o'zingga shukr, hech kimga muhtoj qilmay turgizib qo'yding,- debdi.

Ertasi kuni yana o'sha joyda sababsiz qoqilib qattiq yiqilibdi. Bu safar ingrab o'rnidan turolmapti. Ancha vaqtdan so'ng bir kishi yordam berib turgizib qo'ydi. Shunda:
-Allohim, o'zingga shukr. Menga yordamga kimnidir jo'natding turgizib qo'ydi. Alhamdulillah. Debdi.

Og'riqlari hali arimagan, ertasiga yana ishga ketayotgan erkak yana yiqildi, ammo bu safar ingrashga ham holi yo'q. Qimirlamadi ham. Uzoq vaqtdan so'ng, ko'zini ochib:
-Alhamdulillah, Allohim tanamni sezmayotgan bo'lsam ham ko'zim ko'ryapti debdi.

Shunda bir farishta kelib:" Alloh seni sinayotgan edi. Sen doimo shukr qiluvchilardan bo'lding, sinovni yaxshi topshirding" - deb og'riqlarini aritdi.

Bu hikoyami, rivoyatmi, ertakmi, manbasi qaysi bilmadim. Bobom bu hikoyani yuz martalab aytganlar. O'sha paytta ma'nosini anglamaganman unchalik. Endi bilyapman shukr qilib yashash, sinov paytida ham boringni ko'ra olish  qanchalik muhimligini.

Bu videoni ko'rib siz ham chin dildan  chuqur shukr qilishingiz uchun minglab sabablarni topasiz degan umiddaman. Shukronaliklarimiz faqatgina bir natija uchun daftarlarda qolmasin, u doimo biz bilan bo'lsin




@Sojida_Karimova