Get Mystery Box with random crypto!

Xullas bu semestr fanlarim haqida qisqacha: Janubiy Amerika | hangыlbek.

Xullas bu semestr fanlarim haqida qisqacha:

Janubiy Amerika geografiyasi - 8/10. Deyarli koreyslar. PPTni inglizcha qilsanglar 5 pointdan qo’shib beraman dedi.
Zamonaviy Koreys tili grammatikasi- 8/10. Koreysmisan chet ellikmisan bir xil baxo qo’yaman dedi. Lekin grammatika qoidalarini o’rganarkanmiz. Qiziqarli tuyuldi.
Koreya Iqtisodiyoti-7/10. Bir o’zim chet ellikman. Bahoni qanday qo’yib beradi bilmadim-u baxs-munizaraga boy dars bo’ladiganga o’xshaydi.
Business ethics - 8/10. Sinfni yarmidan ko’pi chet ellik. Discussion ko’proq bo’larkan. Bo’ladi.
Atrofimizdagi olam- 6/10. O’zimdan boshqa chet ellik ko’rmadim menimcha. Faqat leksiya ekan. Uxlab olaman.
Tarix va insoniyat-?/10. Bu fanga hali kirib ko’rmadim chunki u ertaga. Tarix fanini yoqtiraman lekin.

Siz qanaqa fanlar olgansiz? Qiziqmi?