Get Mystery Box with random crypto!

O’yin o’ynash orqali dasturlashni o’rganish • Bilimlar o’yin | It-edu Uzbekistan

O’yin o’ynash orqali dasturlashni o’rganish

• Bilimlar o’yin tarzida oson o’zlashtiriladi, ko’nikmalar esa tez va zavq bilan qabul qilinadi. Siz sahifalashni o’rganishingiz mumkin bo’lgan o’yinlar haqida gapiramiz. Ha, ha! Bir tasavvur qilib ko’ring: zombi, o’zga sayyoraliklar va kosmik kemalar sizga HTML va CSS ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beradi!

- Grid Critters: Grid Mastery Game
O’yin sizga CSS Grid – eng zamonaviy maketli sahifalash uslubiyatini o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz. To’g’ri kodni yozib, sahifalash o’yin jarayoniga qanday ta’sir qilishini ko’rishingiz mumkin.

- Flexbox Zombie
CSS Flexbox ning epchil va universal uslubiyati hamma uchun ham oson emas. Yordamga zombilar keladi! Arbaletni kod orqali boshqaring va atigi 12 bosqichdan so’ng siz har qanday maketni osongina yaratishingiz mumkin! Hozir o’yinni bepul o’rnatish mumkin – buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

- CSS Diner
CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, oyin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.

- Code the Web
Tynker xizmati taklif qilgan o’yin, u nafaqat bolalarni, balki katta yoshdagilarni ham sahifalashga o’rgatishi mumkin. Code the Web Tynker boshlang'ich loyihalar materialida oddiy web-sahifa yaratish uchun HTML va CSS asoslarini o’rganishni taklif etadi.

- Flexbox Defence
Flexbox ni qo’llashga o’rgatuvchi Tower Defence janridagi o'yin. Dushmanlarni yengish uchun o’yinchi minoralar quradi - va siz CSS - kodini qanchalik muvaffaqiyatli qo’llasangiz, shunchalik mudofaa inshootlaringiz mustahkam va baland bo’ladi. Har bir yangi bosqichdan oldin – flexbox xususiyatlar bo’yicha ko’rsatmalar beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!