Get Mystery Box with random crypto!

HTML haqida: HTML - HyperText Markup Language uchun qisqartma | It-edu Uzbekistan

HTML haqida:

HTML
- HyperText Markup Language uchun qisqartma shakldir va u 1990 — yilda Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan. HTML WWW-da ko'rsatiladigan elektron hujjatlarni (sahifalar deb nomlanadi) yaratish uchun ishlatiladi.
Har bir sahifa “Hyperlink” ya’ni “ko’prik”lar orqali bir – biriga ulanadi. O’sha ko’priklarni bosish orqali boshqa sahifalarga o’tib yurasiz. Siz internetda ko’radigan har bir veb sahifa HTML ning bir yoki boshqa versiyalaridan foydalanib yozilgan.

HTML kodi matn va tasvirlarni to'g'ri formatlashni ta'minlaydi, shu tarzda sizning Internet brauzeringiz mo’ljallangani kabi ko’rsatadi. HTML bo'lmasa, brauzer matnni elementlar yoki rasmlar yuklash sifatida qanday ko’rsatishni bilmagan bo’lardi.
HTML shuningdek, sahifaning asosiy tuzilishini taqdim etadi, keyin Cascading Style Sheets ko'rinishini o'zgartiradi. Biz HTML-ni veb-sahifaning suyaklari (tuzilishi) va Cascading Style Sheets(CSS) ni esa uning terisi (tashqi ko’rinishi) deb tushunishimiz mumkin.

Siz veb dizayner bo’lmoqchimisiz, sayt yaratmoqchimisiz, albatta HTML-dan xabaringiz bo’lishi kerak. Shuni aytishim mumkin, baxtingizga HTMLni o’rganish juda oson.

Xullas, HTMLni o’rganishni maslahat beraman. Boshqa biron bir IT (Information Technology) ni o’rganmoqchi bo’lsangiz ham, boshlanishiga HTMLdan boshlasangiz, keyingi IT(Information Technology)ga kirib olishingiz ham oson kechadi.

Web Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!