Get Mystery Box with random crypto!

Telegram'dan $50.000 va $60.000 lik tanlovlarni kutib oling! | IT Blog

Telegram'dan $50.000 va $60.000 lik tanlovlarni kutib oling!

Telegram 2021-yil uchun ajoyib tanlovlarni e'lon qildi. Tanlovda barcha qatnashishi mumkin, asosiysi ular talab qilgan narsani tayyorlash kerak.

• C/C++ da kutubxona yozish — $50.000
C/C++ tilida
shunday algoritm yozish kerak-ki, u orqali kanalning tili va tematikasini aniqlash lozim. Algoritm kanalning nomi, biosi va postlardagi xabarlar orqali aniqlaydi. Algoritm Debian GNU/Linux 10.1 (buster), x86-64 8 yadro va 16 Gb RAM serverida sinab ko'riladi.

• Android'dagi xato va kamchiliklarni topish va tuzatish — $60.000
Telegramn Androidda xatoliklar, qiyshiq animatsiyalar, dasturdan «otib yuborishlar», qotishlar kabi xatolarni tuzatish kerak. Qatnashuvchilar barchasini tuzatib bo'lganlaridan so'ng, kompilyatsiya qilib tayyor .apk faylni @contestbot ga yuborishlari kerak, shu bilan birga Github'da qaysi kamchiliklar tuzatilgani haqida yozib, link jo'natish kerak.

@itBusiness_School — #telegram #contest