Get Mystery Box with random crypto!

​ Dasturchilar kompyuter tuzatishmaydi! Afsuski, ko'pchilik | IT Dasturchilar kanali

Dasturchilar kompyuter tuzatishmaydi!

Afsuski, ko'pchilik dasturchi so’zini noto’g’ri tushinishadi. Ko'pchilikning fikricha, kompyuterga antivirus o’rnatish, kompyuterlarini tuzatib berish yoki yaxshiroq ilovalar va o’yinlar yozib berish dasturchining vazifasidek go'yo.

Dasturchi kim va vazifasi nima?

Dasturchi - biron bir dasturlash tili yordamida ilova, veb-sayt, tarmoq va shunga o’xshash texnik ishlarni amalga oshiruvchi dasturlarni ishlab chiqaruvchi va rivojlantiruvchi hisoblanadi. Yuqoridagilardan endi bizga ma’lumki dasturchining vazifasi dasturlarni ishlab chiqsh yoki uni yanada takomillashtirishdir.

Kimlar dasturchi emas?

Insonlarga texnik hizmat ko'rsatadigan, masalan: biror tayyor o'yin yuklab o'rnatib beradigan, kompyuter va telefonlarni sozlaydigan yoki boshqa shunga o'xshash ishlarni amalga oshiradigan insonlarni dasturchi deb bo'lmaydi. Qisqa aytganda, siz bilgan "Malika" bozorida ishlaydigan insonlarning ko'pchiligi dasturchi emas. Ular yuqorida ta'kidlaganganidek texnik hizmat ko'rsatuvchi insonlar hisoblanadi.

Dasturchi biron dasturlash tilida kod yozadi hamda ishlab chiqarish va takomillashtirish bilan shug'ullanadi. Texnik hizmat ko'rsatuvchilar esa sizga ma'lum bo'lgan sozlash, ilovalarni o'rnatish va shunga o'xshash boshqa ishlar bilan shug'ullanadilar.

@IT_Dasturchilar_UZB