Get Mystery Box with random crypto!

#Malumot ​Dasturchi kim? Nima bilan shug'ullanadi? Dasturc | IT Dasturchilar kanali

#Malumot

Dasturchi kim? Nima bilan shug'ullanadi?

Dasturchi - qaysidir dasturlash tili yordamida dasturlar yarata oladiga ijodkor hisoblanadi.

Professional dasturchi bo'lib yetishish o'z kasbining eng yuqori darajasiga chiqish, sohani mukammal egallash va kasbiga doir har qanday ishni osonlik bilan bajara olish demakdir. Tajribali va bilimli dasturchi bo'lib yetishish mashaqqatli vazifa bo'lishi bilan birga uzoq vaqt talab qiladigan tizimli o'rganish, mehnat va izlanish yo'lidir. Necha yilda professional darajadagi dasturchi bo'lib yetisha olish masalasi har bir kishining o'ziga bogʻliq hisoblanadi.

Professional dasturchi kim?

Dasturlash deganda “Hello world"ni tushunmasligimiz kerak. Qaysidir tilda juda sodda amalni bajarib qo'yib, oʻzini dasturchi hisoblash to'g'ri emas. Kishi dasturchi maqomiga ega boʻlishi uchun qaysidir dasturlash tilida eng kamida bitta mukammal jarayonni toʻliq avtomatlashtira olgan, amaliy foydasi bo'lgan va xatoliklarsiz ishlay oladigan dastur yarata olishi kerak.

Quyidagi xususiyatlarni o'zida mujassamlashtira olgan kishini professional dasturchi, desak bo'ladi:

Dasturlash tilini mukammal darajada biladi;
Muammolarga kam kod bila yechim topa oladi;
Eng zamonaviy dasturlash uslublaridan foydalanadi;
Dasturlash va til yagiliklari, trendlaridan xabardor;
O'z ustida har kuni ishlaydi va zamondan ortda qolmaydi;
Jamoa bo'lib ishlay oladi va boshqalarga yordami tegadi;
Faoliyati davomida bir necha o'nlab dasturlar yaratgan;
Bir vaqtning o'zida bir nechta muammo bilan ishlay oladi;
Sohasi doirasidagi boshqa dasturlash tillarini oson o'rganadi;
Har qanday masalani dasturlash orqali hal qila oladi.

Dasturchi hech qachon dasturlash yoki dasturlash tilini toʻliq bilib olishi mumkin emas. Muammo va o'rganilishi kerak bo'lgan masala har doim topiladi. Shu sababli dasturchi doimiy izlanishda bo'lishga majbur.

Dasturchining har bir kuni o'rganish bilan o'tadi.

IT Dasturchilar kanali