Get Mystery Box with random crypto!

Germaniya olti daqiqalik iliq qarsaklar bilan Merkel bilan xay | 🌐 Sardorbek.uz

Germaniya olti daqiqalik iliq qarsaklar bilan Merkel bilan xayrlashdi.

Nemislar uni oʻzlariga rahbarlik qilishini istadi va Merkel 18 yil davomida 80 milliondan ortiq nemislarni oʻz malakasi, mahorati, fidoyiligi va samimiyligi bilan boshqardi.

Mamlakatidagi ushbu oʻn sakkiz yillik rahbarlik davrida unga nisbatan hech qanday qonunbuzarliklar qayd etilmagan ... U bironta qarindoshini lavozimga tayinlamagan ... U oʻzini shon-sharaf yaratuvchisi deb daʼvo qilmagan ... U hech qanday ahmoqona gaplarni gapirmagan.

Ha bu oʻsha (Angela Merkel) “Dunyo xonimi” deb tan olingan va olti million erkakka teng deb taʼriflangan ayol.

Yaqinda Angela Merkel partiya rahbariyati lavozimini tark etib, uni oʻzidan keyin boʻlganlarga ideal holatda topshirdi.

Shu kuni nemislarning reaksiyasi tarixda misli koʻrilmagan boʻldi — odamlar uylarning balkonlariga chiqdilar va hech qanday dabdabali tantana-marosimlarsiz 6 daqiqali iliq qarsaklar bilan Merkelni kuzatishdi.

Germaniya mamlakatning odmigina yetakchisi, moda yoki hashamga qiziqmagan va koʻchmas mulk, mashinalar, yaxtalar yoki xususiy samolyotlar sotib olmagan kimyoviy fizik ayol bilan xayrlashdi.

U 18 yildan keyin oʻsha sizga tanish ustidagi bir xil libosida oʻz lavozimini tark etdi.

Bir matbuot anjumanida ayol jurnalist Merkeldan soʻradi: “Biz sizning kiyimlaringiz takrorlanganini payqadik. Nega? “

Merkel javob berdi: “Men davlat xizmatchisiman, model emasman”.

Boshqa bir matbuot anjumanida undan: “Uyni tozalaydigan, ovqat tayyorlaydigan va hokazo xizmatkorlaringiz bormi?”, deb soʻrashdi.

Uning javobi quyidagicha boʻldi: “Yoʻq, mening ishchilarim yoʻq va ular menga kerak emas. Uyda bu ishlarni erim va men qilamiz“.

Keyin boshqa bir jurnalist “Kim kiyim yuvadi, sizmi yoki eringizmi?”, deb soʻradi.

Javob bunday boʻldi: “Men kiyimlarni tartibga keltiraman, erim kir yuvish mashinasini boshqaradi va bu odatda kechasi sodir boʻladi”.

U soʻzini yakunlab: “Sizdan mendan hukumatdagi ishimizdagi yutuq va kamchiliklar toʻgʻrisida soʻrashingizni kutgan edim”, dedi.

Merkel xonim oddiy fuqarolar singari kichik kvartirada yashaydi. U Germaniyaning Bosh vaziri etib saylanguniga qadar ham shu xonadonda yashagan. Uning na villasi va na xizmatkori bor.

Bu Angela Merkel, Yevropada eng iqtisodi gurkiragan Germaniyaning Federal kansleri!

Do'stlaringizga ham ulashing:
@IsroilovSardorbek