Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov gul berishga jalb qilin | 🌐 Sardorbek.uz

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov gul berishga jalb qilinadigan talaba qizlar bo‘yicha munosabat bildiribdi:

«Eng yomon ko‘rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘zingizning farzandingizni qo‘yib ko‘ring. Bu bo‘yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko‘rinishi. Ya’ni u qizlar xohlab borayotgani yo‘q. Sovuqda, darsdan chiqib, to‘garakka borish kerak bo‘lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko‘ylakni kiyib, gul ko‘tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo‘lmagan narsa u. Tarjimon bo‘lsa tushunaman, turizmda o‘qisa tushunaman.

Stadionni to‘ldirish uchun ham talaba, fon uchun ham talaba, festival bo‘lsa ham talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o‘qishi kerak. Kerak bo‘lsa to‘yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo‘q».
P/s: Ajoyib mulohazalar. Shunchakli respect! @IsroilovSardorbek