Get Mystery Box with random crypto!

Hayotimizning har bir oni GʻANIMAT. Oʻtayotgan umringizga bir | Habibulloh Ismoilov

Hayotimizning har bir oni GʻANIMAT. Oʻtayotgan umringizga bir boqing nimalarga ulgurdingiz.
Bugun kulib turgan yuzlarni, yaqinlaringizni QADRLANG va ulardan mehr muhabbatingizni ayamang, SAVOB ishni har kun kanda qilmang va yana shuni unutmang-ki:
Har kim yaxshi inson boʻlishi mumkin, ammo hamma ham Yaxshilik qiladigan inson boʻla olmaydi.

SABRni sinamang sabringiz yetmaydi. Bu dunyo bir KAMDUR, kami bitmaydi. Esingizdan chiqarmang, ey ahli INSON, inson bu yerdan shunday ketmaydi..

Qarang yoʻlingizga, oʻngu-soʻlingizga, dunyodan kim nima olib keta oldi? Qarang oʻylab qoʻygan maqsad, molingizga..Qay bir inson zoti unga yeta oldi?

Vaqt koʻrsatadi, koʻramiz bizlar,
ALLOH bitib qoʻygan taqdirimizni.
Shukr, Tavba qilib, SAVOB qilaylik,
Yaratgan albatta berar AJRimizni!


Yangi kunda yaqinlarimizdan telefon orqali hol so'rab, ularni yaxshi ko'rishimizni aytib qo'yaylik. Bu sinovli kunda imkon qadar o'zimizni ehtiyot qilaylik...

Har kunni, Shukronalik ila o'tkazaylik

@Ismoilov_Habibulloh