Get Mystery Box with random crypto!

Eng ko'p berilgan savollarga javoblar: SAVOL: O'zbekistonda | ISMA UNIVERSITY ADMISSION

Eng ko'p berilgan savollarga javoblar:

SAVOL: O'zbekistondagi Davlat Universitetlariga kirolmadim, ISMA Universitetiga hujjat topshirsam bo'ladimi?

JAVOB:Ha, albatta. Oliygohimizda qabul 1-oktyabrgacha davom etadi.

SAVOL: ISMA Universitetidan boshqa Oliy ta'lim muassasasiga ta'limni ko'chirish mumkinmi?

JAVOB: Ha, agar talaba tanlagan ta'lim yo'nalishlari bir biriga mos kelsa va hujjatlarini taqdim etishda barcha talablarga rioya etgan bo'lsa ko’chirish mumkin. Bu uchun davlat maxsus vaqt ajratgan, yil davomida har kuni ham bunday imkoniyat bo’lavermaydi.

SAVOL: Universitetda o'quv yili qachon va qay tarzda boshlanadi?

JAVOB: Boshqa Oliy ta'lim muassasasi kabi oktyabr oyidan Online tarzda boshlanadi va karantin yakunlanguncha yoki Respublikamizdagi epidimiologik vaziyat tartibga tushguncha shu tarzda davom etadi.

SAVOL: Kontrakt to'lovini bo'lib to'lash mumkinmi?

JAVOB:Talaba kontrakt summasini bo'lib to'lashi uchun 1-oktyabrga qadar umumiy summaning yarmini ya'ni 1500 yevro to'lashi lozim. Qolgan yarmini ya'ni 1500 yevroni 1-semestr yakuniga qadar tol'ashi lozim

SAVOL:Hozirgi vaqtga qadar nechta abituriyent hujjat topshirdi?

JAVOB: Hozirgi vaqtgacha 700 dan ortiq abituriyent hujjat topshirdi, shulardan birinchi to'lov qilgan 500 ta abituriyent talaba bo'lishi mumkin.

Hujjat Topshirish: @ISMA_Register

Eng ko'p berilgan savollarga javoblar: @ISMA_Consultantbot

@ISMA_Admission