Get Mystery Box with random crypto!

Mohi Ramazon oyi barchamizga qutlug' bo'lsin ⠀ Oylar ichida | Iqtisod

Mohi Ramazon oyi barchamizga qutlug' bo'lsin

Oylar ichida eng go'zali va eng afzallaridan bo'lmish Ramazon oyi, qalblarimizga iymon va xotirjamlik, sabr va qanoat, mukammal ilm olib kelishini istab, Rayyan o'quv markaz jamoasi barchani mohi Ramazon oyi bilan chin dildan qutlaydi.

Ushbu oyda qilinajak toat-ibodatlaringiz va xayr-u ehsonlaringiz ajri ikki dunyo saodatiga yetkazsin. Ramazon oyida xonadoningizda birdamlik, go'zal kunlar va tinchlik hukmron bo'lsin.

Muborak oyning shukuhi va barakasi yil davomida qalblarimizni iymon va ilm nurlariga to'ldirib, manfaatli bilim olishingizda sababchi bo'lsin.

Rayyan o'quv markaz jamoasi barchani yana bir bor muborak Ramazon oyi bilan qutlaydi.

Manzil:
1-filial: Shayxontohur tumani, General Uzoqov ko‘chasi, 123-uy.
Mo‘ljal: MARRY ME fotostudiyasi ro‘parasi.

2-filial: Shtab, Beshqayrog'och ko'chasi.

Murojaat uchun:
+998712000929.

Telegram I Instagram I Facebook I Tik Tok