Get Mystery Box with random crypto!

Mehnatga munosib: manzil-martaba, Cho'qqini ko'zlagan ko'z | 📃✒ISLOMIY SHE'RIYAT📃✒

Mehnatga munosib: manzil-martaba,
Cho'qqini ko'zlagan ko'z yummas tunlar.
Zahmatsiz natija kim qilar tama,
Umrini boy bergan bo'lar butunlay.

G'aflat to'shagida tinch-bexavotir
Yotib azizlikni istamoq bekor.
Dengizning tubidan dur-u javohir
Olib chiqmoq uchun sho'ng'imoq darkor.

Imom Shofe'iy

@islomiysatr