Get Mystery Box with random crypto!

Birdan esga oldim bolalik chog'im Menga vanna qilib ber | 📃✒ISLOMIY SHE'RIYAT📃✒

Birdan esga oldim bolalik chog'im
Menga vanna qilib berardi onam.
Derdim:" Ona, issiq, kuydi oyog'im"
Onam der:" Kuymasa tuzalmas, bolam.

Beg'ubor paytlarim edi-ya qanday?
Dunyo tashvishlari sezilmas ekan.
Hozir o'ylab qoldim, yurak ham shunday,
Agarchi, kuymasa, tuzalmas ekan.

Savdoiy

@islomiysatr