Get Mystery Box with random crypto!

Meni xozir yomon ko'rishlari mumkin va bu tabbiy. Bozor filtrl | Islomiddin (hobby)

Meni xozir yomon ko'rishlari mumkin va bu tabbiy. Bozor filtrlanib olgandan so'ng. O'ziga, tajribasiga ishongan soha mutahasisslari mendan, men kabi gapirib chiqadigan va xaqiqatlarni yozayotgan koment egalaridan mamnun bo'ladi In Sha Alloh.

Bu esa kam vaqt olmaydi. Lo'ttibozlar treyningchilarga o'xshab ko'payishda davom etmoqda. Shu sohadagi bilganlar aytib chiqmasa, oxiri @subyektivuz aralashmasa bo'lmaydigan holatga kelib qoladi.

Bir narsani tushuning. Arzon, tajribasiz o'qituvchilar ko'paysa, ertaga soha enasinikiga kirib ketadi. Shundoq ham yaxshi mutahasiss kam. Ayrim hollarda esa umuman yo'q. Tajribasiz ustozdan bilim olib chiqgandan so'ng daje o'zingizni ishlaringizga ham yaramaydigan kadrlar chiqib, mutahasiss kerak bo'lgan vaqtda o'zingizdan chiqgan kadrlar qolib, tashqaridan mutahasiss olib kirib majbur ishlatasiz.

Shu o'rinda kurs egalariga savol. (Hech kim o'ziga olmasin. Bu umumiy va bunga javob bermasangiz ham mayli.)
O'quvchilarni kursga qo'yishdan oldin sizlarda maqsad qanday bo'ladi. O'zingizga mutahasiss tayorlagandek tayyorlashmi yoki sifatsiz o'qituvchida 3-6-8 oylik vaqtini foundation bilimlarini berib, soqqasini olib, sertifikat berib orqasiga tepishmi?

Bu lo'ttibozliklarni butunlay baribir yo'qotib bo'lmaydi. Gigantlari chiqishda davom etmoqda. Yangi kirib kelayotganlar aldanishda davom etmasligi uchun ham, O'quvchi professional ustozni farqlashni bilib olishi xar qachon zarur.

Yaxshi kurslar ko'payib professionallar dars bersa, Sifatli kadrlar chiqsa, soha rivojlansa, ish bersak asablar buzilmasa biz xursand. Zero o'quvchi pul to'lab o'qiyapdimi. Sifatli ta'lim olib, kursni tugatgandan so'ng. Ota-ona va yaqinlari oldida yuzi yorug' bo'lib. Yaxshi portfolio bilan, yaxshi joyda, yaxshi pulga ishlasin. Beginner o'qituvchi bilan esa yaxshi portfolio bilan bitirib chiqishingiz dargumon!

(eslatma: bu mavzular instagram profilmda yaxshi muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Davomi sifatida qabul qiling )