Get Mystery Box with random crypto!

Biznes egasining eng asosiy vazifasi. Biznes egasining eng as | Islom Ibrohim | Bloguz

Biznes egasining eng asosiy vazifasi.

Biznes egasining eng asosiy vazifasi- o’z biznesining quliga aylanib qolmaslikdir. U bilan qanchalik ko’p shug’ullana boshlasang- muammolaring ham shuncha ko’p bo’ladi. Agar ishlaringiz yomon bo’lsa, vaqt va mablag’ sarflash va uni to’g’rilash kerak. Agar yaxshi bo’lsa - yanada yaxshiroq rivojlanishi uchun yanada ko’proq vaqt va mablag’ sarflash kerak.

Buning natijasida biznes egasi uchun bir necha kun dam olishning ham davolanish va shahsiy rivojlanishning ham iloji bo’lmay qoladi.

Aslida biznesning vazifasi - odamga u haqiqatan ham istagan yo’nalishda o’zini ko’rsatishga yordam berishdir.
Odam biznes uchun emas , biznes odam uchun ishlashi kerak.

Agar siz o’z korxonangizni sizning doimiy sizning nazoratingizsiz, siz bo’lmaganingizda ham yaxshiroq ishlaydigan qilib qura olmas ekansiz , biznesim yo’q deb hisoblayverishingiz mumkin. Siz shunchaki o’zingiz uchun yana bitta ish joyi yaratgan bo’lib chiqasiz .
Siz bu joydan keta olmaysiz , bo’shay olmaysiz va boshqa ishga ham o’ta olmaysiz.

Kompaniya ishini tizimlashtirish - tadbirkorning shahsiy erkinligining yagona yo’lidir


Instagram | Telegram | You Tube