Get Mystery Box with random crypto!

𝓲𝓼𝓵𝓪𝓶𝓲𝔂𝔂𝓪𝓽𝓲𝓶

Telegram kanalining logotibi islamwithme — 𝓲𝓼𝓵𝓪𝓶𝓲𝔂𝔂𝓪𝓽𝓲𝓶 𝓲
Telegram kanalining logotibi islamwithme — 𝓲𝓼𝓵𝓪𝓶𝓲𝔂𝔂𝓪𝓽𝓲𝓶
Kanal manzili: @islamwithme
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 175
Kanalning ta’rifi

𝐒𝐜𝐡𝐨𝐨𝐥 "𝐒𝐚𝐦𝐚𝐫𝐚𝐥𝐢 𝐒𝐚𝐥𝐢𝐡𝐚"
🫀 📿=🧕🏻
💗Islom go'zalligini o'rganish
🕊Sof niyat ila yashash
🌊 Ijobiy sog’liq sirlari
📚 Va albatta tavsiya kitoblar 6/12

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-11 19:00:56 Yuragingiz og'riyotganda …

• Allah’ga ibodat qiling.

• O‘sha joy namozga o‘tiring va baham ko‘radigan hech narsa qolmaguncha yuragingizdagi borini to‘kib tashlang.

• O'zingizga yig'lash yaxshi ekanini eslating. U sizni uyquda yig'layotganingizni ham ko'radi. Yashirish uchun hech narsa qolmasin.

• Keyin - nafas oling.

• Ko‘zlaringizni yuming va qat’iy niyat bilan: “Ey Allah, bu dardni qalbimdan faqat Sen olib tashlashingga ishonaman”, deb ayting.

• Sabr deb nafas oling va shukr deb nafas chiqazing.

• Hammasini qo'yib yuboring.

Tavakkul yo‘ligizda ko‘rinmagan barcha
to‘siqlarni buzib tashlashini aslo unitmang!
2.0K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-05-04 20:01:31 Allah orzularingizni ro'yobga chiqaradi, Undan so'rashda davom eting.
2.0K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 17:01
Ochish/sharhlash
2022-04-27 19:21:16 Esda tutingki, Allah siz uchun siz tasavvur qilganingizdan ham yaxshiroq yechimlar bilan reja tuzgan. U sizga nima kerakligini va qachon kerakligini aniq biladi. Bas, sabr qiling, U sizni unutmadi.
2.0K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 16:21
Ochish/sharhlash
2022-04-20 19:02:16 Allah subhanahu va taolo sizga yo'l ochib beradi xidoyat yo’liga boshlaydi, namoz o'qishda va dua qilishda davom eting, U hamma narsani o'zgartira oladi, U sizning holatingizni bir soniya ichida o'zgartirishi mumkin, siz uchun eng yaxshisini qilishiga ishonavering. Hammasi siz hohlaganingizdek bo'ladi, buni doimo yodda tuting, yaxshi va yomon kunlarda ham qalbingizda Unga tayanishga kuch toping, Allah o’zi hayirli qilsin.
2.4K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 16:02
Ochish/sharhlash
2022-04-13 19:09:06 Allah’im…
Menga dunyo nematlarini ko’paytirma toki tug’yonga ketmay, shuningdek ularni kamaytirma toki Seni unitmay.
Albatta ozga qanoat qilish, ko’pni isrof qilishdan afzal. Meni isrof qilmaydigon tejamkor holda qabul qil. To’g’ri haddan oshgan nasixat olish kerak, haqa ergashishim lozim. Iymonli bo’lish quruq istakdan iborat emas, balki amalar bilan komildir, zero kimda kim yaxshilikda tirishqoq bo’lsa Allah mukofotini ko’paytirib beradi. Mujohidlik amalarning eng oliysidir, chinakam mujohidlar gunohkorlardan uzoqlashadi. Allah yo’lidagi mujohidlik haromdan uzoq bo’lishdir. Allah uchun eng suyukli va odamlar uchun eng foydali narsa rahbarning mehribonligi va oqiligi. Allah uchun eng yoqimsiz narsa esa rahbarning johiligi va zolimligidir. Allah’ning nematiga shukr qil, fitnadan uzoq bo’l. Ulug’ va Buyuk Allah’dan o’zga iloh yo’q. U Zot istagan kishiga istagan ne’matini beradi.

Va’dasiga vafo qilgan horlik bilmaydi, vijdoni toza inson afsus qilmaydi. O’limdan qo’rqan inson halovat bilmas, muqarar o’limdan hech kim qochib qutilmas. Kimda boylik bo’lsayu bahilik qilsa yolg’iz qolar, do’stlari qolmas.

Allah eng yaxshi eshituvchidir!
Shunday ekan, qalbingiz va ongingizdagi narsalarni Unga ayting.
Butun qalbingiz bilan ibodat qiling va Allah boshqalarga yaxshilik tilaganlar bilan birga ekanligini unutmang.

Ko'proq Islomiy eslatmalar uchun @islamwithme sahifasiga obuna bo'ling.
1.6K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, edited  16:09
Ochish/sharhlash
2022-04-06 20:01:40 Ramazon shifo oyi. Ramazonning kelishi qalblarga bir zumda yengillik va haqiqiy baxt olib keldi. Allah’ga dua qiling ,U sizni xuddi o'zingiz kabi eshitadi...
1.6K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 17:01
Ochish/sharhlash
2022-03-30 19:01:54 Ramazon oyida Qur’anni qanday qilib o’qib tugatsak bo’ladi?

Ramazon yaqinlashayotganligi sababli, Qur’an ayniqsa Ramazon oyida juda katta ahamiyatga ega ekanligini tushunishimiz juda muhimdir. Sahobalar Ramazon oyida Qur'anni juda ko’p marta hatm qilishardi! (taxminan 40 yoki undan ortiq marta). Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom Ramazonning har kechasi Jabroil (alayhissalom) bilan birga Qur'anni o'rganar edilar. Qur’an taxminan 600 sahifadan iborat. Agar siz uni 30 kunga ajratsangiz, kuniga 20 sahifa. Buni qilish qiyin bo'lishi mumkin, to'g'rimi? Ammo, agar siz uni kuniga 5 vaqt namozga ajratsangiz. Bu osonlashadi. Agar siz Ramazon oyida har namozdan keyin 4 sahifa o'qisangiz, Qur'anni tugatgan bo'lasiz. Ramazon oyida maktab, ish yoki boshqa sabablarga ko'ra Qur’an sahifalarni o'qishga alohida vaqt ajratishning boshqa usullari ...

• Har bir namozdan keyin 4 sahifani o'qing
• Har bir namozdan oldin 2 sahifani o'qing va namozdan keyin 2 sahifani o’qing.
• Ertalab, tushda, tushdan keyin va kechqurun 5 sahifa o'qing.
• Ertalab 10 sahifa, kechqurun esa 10 sahifa o‘qing.

Qur’andan faqat bir harfni o'qishning savoblari juda katta! Shuning uchun bu Ramazonda Qur’anga e'tibor bering. Uni go'zal ovoz bilan o'qing, sekin o'qing va uning ma'nolari haqida ham fikr yuriting. Har kecha kichik suralarni o'rganing, ish paytida o'sha suralarni tinglang va siz qisqa vaqt ichida o'sha suralarni o'rganasiz! Uning tafsirini o'qing, Allah’ning kalomini tushuning. Seriallar/filmlar/Netflix/YouTube ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib vaqtingizni behuda sarflamang. Undan oqilona sarflaning. Balki bu Ramazon sizning oxirgi Ramazoningizdir va buni faqat Allah biladi, balki Allah sizlarni Uning kalomlarini o‘rganish va tushunish uchun qilgan ixlos va mehnatingizni ko‘rib, qalbingizni ochib, jannat yo‘liga hidoyat qilar. Barcha solihlar va solihalarga suyukli dinimiz haqidagi bilimimizni oshishini, iymonimizni mustahkam bo’lishini, nasib etishini so’rab qolaman Rabbimdan Amiyn .

Ko'proq Islomiy eslatmalar uchun @islamwithme sahifasiga obuna bo'ling.
2.1K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 16:01
Ochish/sharhlash
2022-03-23 19:00:33 Hamma narsani Allah’ning qo'liga topshirishda boshqacha bir tinchlik bor. O'zingiz hohlagan narsa bu o'zingiz hohlagan narsa, sizda bor narsa Allah hohlagan narsadir. Shukr qiling. Shukr qilish shunchaki Alhamdulillah deyish emas. Minnatdor bo'lish - bu munosabat. Bu hayot tarzi. Bu fikrlash usuli. Doimo minnatdor bo’ling. Tabassum qiling va Alhamdulillah deb ayting. Sizning hayotingiz millionlab insolarning hayotidan yaxshiroqdir.

Ko'proq Islomiy eslatmalar uchun @islamwithme sahifasiga obuna bo'ling.
2.0K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-03-16 19:00:06 Ramazondan oldin va Ramazon oyi uchun 11ta maslahat!

Ramazondan oldin:
1. Musiqa tinglamang, qalbigizni musiqa emas Qur’an yeg’latsin!
2. Islom bilimlarini o‘rganing va o‘rgating.
3. 5 vaqt namozni o‘z vaqtida o‘qing.
4. Ko‘p zikr qiling.
5. So'kish, yolg'on gapirish, tuhmatdan tiyiling.
6. Nigohingizni pastga tushiring.
7. Har namozdan keyin Qur'andan 4 sahifa o'qing(Ramazonda bir marta tugatishingiz mumkin lekin o'zingizni cheklamang).
8. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazmang.
9. Bo'sh vaqtingizda foydali kitoblarni o'qing.
10. Kunduzi uxlamang, vaqtingizdan unumli foydalaning.
11. Tahajjud namozini o‘qing.

Ramazon oyida:
1. 8-20 rakat taroveh namozi har kecha.
2. Kuniga 1 Juz Qur'an o'qish.
3. Ko'p tafsir tinglash yoki Har kuni ma'ruzalar.
4. 60 daqiqa suhur va iftorlik oila bilan birgalikda.
5. Har kuni ro'za tutish, ikki marta ovqatlanish.
6. Sabrli bo'lish - tortishmaslik,g'iybat qilmaslik.
7. Ko'p sadaqaga amal qilish va zakotimizni ado etish,iltifot qilish, ayniqsa oxirgi o'n kunda.
8. Ro’zani suv bilan ochish.
9. Sho'r va shakarli ichimliklarni ortiqcha iste'mol qilishdan saqlanish.
10. Kofeinni iste'mol qilishni kamaytiring meva va sabzavotlarni iste'mol qilishni oshirish.
11. Doimiy zikr qilmoq, dua’ni ko'paytirmoq.

Ko'proq Islomiy eslatmalar uchun @islamwithme sahifasiga obuna bo'ling.
3.0K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-03-09 20:00:07 Ikki kishi birga bo'lishi nasib qilingan bo'lsa va bu narsa Allah subhanahu va taolo tomonidan belgilab qo'yilgan bo'lsa, boshqa birov nima deyishi muhim emas, kim uni to'xtatishga harakat qilishi muhim emas, agar Allah hohlagan bo'lsa bo’ladi tamom. Hech kim Allah’ning rejasiga to'sqinlik qila olmaydi! U eng mehribon va eng qudratli Zotdir, Uning amrisiz hech narsa sodir bo'lmaydi, agar Allah subhanahu va taolo ikki qalbni birlashtirib, bir bo'lishni taqdir qilgan bo'lsa, bu Uning farmoni, rejasi va vaqti bilan bo'ladi. Boshqalarning gapidan tushkunlikka tushishning hech bir foydasi yo’qdir. Boshqalarning bu vaziyat usitda qandaydir qilayotgan ishlari yoki qandaydir harakatlari xafa bo’lishga arzimaydi, Allah siz bilan birga bo'lishingiz kerak bo'lgan insoningiz bilan birga bo'lishingizni nasib etgan bo'lsa siz albatta er va xotin bo'lib birlashishasiz!

Ko'proq Islomiy eslatmalar uchun @islamwithme sahifasiga obuna bo'ling.
1.9K views𝓂𝒶𝒹𝒾𝓎𝓃𝒶𝒽❀𝓃, 17:00
Ochish/sharhlash