Get Mystery Box with random crypto!

Millatchilikni toʻxtating Jahon chempionati finalida Qatar am | Murodjon Islomov l BLOG

Millatchilikni toʻxtating

Jahon chempionati finalida Qatar amiri shayx Tamim Leonel Messiga arab milliy kiyimi "bisht" sovgʻa qildi. Buning ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bir qator noroziliklar kelib chiqdi. Buni qarangki 1970-yilgi Meksikada boʻlib oʻtgan mundialda Pelega meksikancha shlyapa sovgʻa qilishgan ekan.

Bu haqida Twitter foydalanuvchi shunday fikr qoldiribdi : O'zingizni dunyoman deb o'ylashni bas qiling va siz turli irqlar, dinlar madaniyati va an'analariga to'la dunyoning bir qismi ekanligingizni tushuning.

Arablar o'z mehmoniga bisht sovg'a qilishsa, bu uning hurmati va minnatdorchilik belgisidir va Pele 1970 yilda meksikalik shlyapa kiyganidan unchalik farq qilmaydi.

Vaziyatdan foydalanib Aliexpress, olx va shunga oʻxshash platformalarda uyda tikilgan "bisht" sotishning ayni vaqti menimcha. Chunki bugun koʻrdikki dunyoda Messining kamida 59 mln muhlisi(instagramda like boʻyicha rekord) bor va ularning hammasi ham 9000$ turadigan "bisht" kiya olmaydi.

@Kreativ_reklamalar