Get Mystery Box with random crypto!

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining oltinchi chaqiri | "ISHTIXON OVOZI"

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining oltinchi chaqiriq, bir yuz beshinchi sessiyasi 2023-yilning 31-iyul kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadi

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- tuman prokurori F.Usmanovning 2023-yilning I yarim yilligi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;

- tumanda 2023-yil II choragi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Sharipovning hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022-yil 4-fevraldagi SQ-478-IV- sonli Qarorining 9-bandiga asosan, tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar;

- yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi dolzarb vazifalar ijrosi bo‘yicha tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari J.Bediyevning hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6118-son Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti;

- tumanda investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari-Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i A.Qamarovning hisoboti;

- tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi tomonidan 2023-yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri A.Ortiqovning hisoboti hamda boshqa masalalar.

@ishtixonovozi