Get Mystery Box with random crypto!

Ishtixon | rasmiy

Telegram kanalining logotibi ishtixonliklar_ishtixon — Ishtixon | rasmiy I
Telegram kanalining logotibi ishtixonliklar_ishtixon — Ishtixon | rasmiy
Kanal manzili: @ishtixonliklar_ishtixon
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.62K
Kanalning ta’rifi

Ishtixon yangiliklar kanali 📨
— Reklama uchun: @UZabdukarimov

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-03-03 12:47:47
2023-yil 4-mart kuni "Xalqaro xotin qizlar kuni" munosabati bilan "Baxt" restoranida bayram shousi boʻlib oʻtadi!!! Ushbu shouga barchangizni taklif etamiz!


Dasturimiz mehmonlari:
4-mart soat 18:00da Sevinch Ismoilova
4-mart soat 18:00da Mirjalol Ne'matov

Yulduzlar tashrifi, ajoyib shou dasturlari, sovg’alar "Baxt" restoranida

Joy buyurtma qilishga shoshiling. Joylar soni chegralangan:
+998 97 287 25 52
+998 97 395 99 57

Manzil:Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Do'stlik MFY "Baxt" restorani.

Yaqinlarga ham joʻnatib qoʻying, ular ham ajoyib bayramona kayfiyatdan bebahra qolishmasin !
54 views09:47
Ochish/sharhlash
2023-03-01 22:19:00
#Bilasimi

Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilarga aralashish taqiqlanadi:

boshoqli don yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashga;

ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga;

bug‘doyni sotish jarayonlariga, shartnomalar tuzishga, xo‘jaliklarni don tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ma’lum korxonalarga biriktirish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashishga.

Gʻallachilik klasterlari faoliyatiga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma berish mumkin emas.

Qo’shiling
https://t.me/+0G-LRXiptdgyMTEy
12 views19:19
Ochish/sharhlash
2023-03-01 05:12:48
Tezlik barcha aholi punktlarida emas, faqat asosiy shaharlarda pasaytiriladigan bo‘ldi

Tasdiqlangan davlat dasturiga asosan, 2023-yil 1-apreldan e’tiboran Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida maksimal tezlik 70 km/soatdan 60 km/soatga tushiriladi. Dastur loyihasida tezlikni barcha aholi punktlarida 60 ga tushirish taklif etilgandi.

Qo’shiling
https://t.me/+0G-LRXiptdgyMTEy
14 views02:12
Ochish/sharhlash
2023-02-28 13:35:40
Inflyatsion kutilmalarni aniqlash boʻyicha Markaziy bankning fevral oyi soʻrovnomasida faol ishtirok eting.

Inflyatsiya va uning omillari boʻyicha oʻz fikr va mulohazalaringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim.

Soʻrovnoma 2023-yil 4-martgacha davom etadi.

@kutilmalar_Feb2023_bot

Telegram  |  Facebook

Ovoz berishda faol bo’ling viloyatimiz uchun !
59 views10:35
Ochish/sharhlash
2023-02-27 08:12:18
Bugun kunning birinchi yarmida G3 darajali 5 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda

Magnit bo‘roning G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytigacha kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish rasionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.

Qo’shiling
https://t.me/+0G-LRXiptdgyMTEy
78 views05:12
Ochish/sharhlash
2023-02-25 15:04:12
Samarqand tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro O‘.M. boshqa bir fuqaro M.T.ning ishonchiga kirib, unga 20 000 dollar evaziga tumanning  “Ohalik” MFY hududida joylashgan  7 sotix zaxiradagi yer maydonida uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 10 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
@NUROBOD
55 views12:04
Ochish/sharhlash
2023-02-24 18:17:07
2022-yilda Samarqand viloyatida qancha goʻsht yetishtirildi?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda O‘zbekistonda 2,7 mln tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Hududlar kesimida yetishtirilgan goʻsht (tirik vaznda) hajmi:

Qoraqalpogʻiston R. – 120,5 ming tonna
Andijon viloyati – 185,6 ming tonna
Buxoro viloyati – 284,9 ming tonna
Jizzax viloyati – 237,7 ming tonna
Qashqadaryo viloyati – 315,7 ming tonna
Navoiy viloyati – 180,6 ming tonna
Namangan viloyati – 168 ming tonna
Samarqand viloyati – 313,2 ming tonna
Surxondaryo viloyati – 209,8 ming tonna
Sirdaryo viloyati – 70,5 ming tonna
Toshkent viloyati – 283,6 ming tonna
Fargʻona viloyati – 181,1 ming tonna
Xorazm viloyati – 174,6 ming tonna

Qo’shiling
https://t.me/+0G-LRXiptdgyMTEy
17 views15:17
Ochish/sharhlash
2023-02-23 15:58:11 Sanjar Muzratovga tegishli haydovchilik guvohnomasi yuqolgan topib olganlar
+998992886768 ga aloqaga chiqsin
83 views12:58
Ochish/sharhlash
2023-02-22 08:39:00
Ko'makning katta-kichigi yo'q. Befarq bo'lmang!

6262 5701 7807 0407
Tuygunov Akmal
+998-99-962-23-86
704 views05:39
Ochish/sharhlash
2023-02-21 18:56:41
Samarqandda boʻlib oʻtgan reydda qoidabuzar haydovchilarga chora ko‘rildi

Reyd davomida transport vositasini meʼyoriy hujjatlarsiz boshqargan hamda avtomobilning davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlangan haydovchilar boʻyicha oʻrnatilgan tartibda chora koʻrildi.

Qo’shling
https://t.me/+Vr0Y25IOpqsyNmJi
33 views15:56
Ochish/sharhlash