Get Mystery Box with random crypto!

PUL OʻLSIN... Koʻtarib yuksaklarga, Hayolda ertaklarga. Qol | IRODAXON QOSIMOVA IJODI

PUL OʻLSIN...

Koʻtarib yuksaklarga,
Hayolda ertaklarga.
Qoldirar ermaklarga
Pul oʻlsin-a, pul oʻlsin.

Quchogʻingda oʻynar yor,
Chal desang bas, yangrar tor,
Qayerlarda qoldi or,
Pul oʻlsin-a, pul oʻlsin.

Qadding magʻrur, yarashgan,
Qizlar sochin tarashgan.
Doʻst koʻp, qoʻlga qarashgan,
Pul oʻlsin-a, pul oʻlsin.

Mansab qilar devona
Jigarlardan begona,
Dema, oʻzim yagona,
Pul oʻlsin-a, pul oʻlsin.

Kibrla uchma nodon
Boqiymas, umr shodon.
Boqmay qoʻysa, koʻr zamon,
Pul oʻlsin-a, pul oʻlsin.

Doʻst sanogʻin topmaysan,
Yaqinlarga chopmaysan,
Kechalar tinch yotmaysan
Pul oʻlsin-a, pul oʻlsin.

Goho hayot beshafqat,
Egar yigit boʻynini
Bir chekkaga ilib qoʻy,
Kambagʻallik toʻnini.
Yoʻqni zumda bor qilgan
Pul oʻlsin-a, pul oʻlsin.

IRODAXON QOSIMOVA.


@Irodaxon_Qosimova