Get Mystery Box with random crypto!

SARPO KELDI... Hozirgi kundagi ba'zi urf odatlarga kimnidir | IRODAXON QOSIMOVA IJODI

SARPO KELDI...

Hozirgi kundagi ba'zi urf odatlarga kimnidir kulgusi kelsa,kimdir yig'lagisi keladi.
Bir hoji ona iltimoslariga binoan yozildi.

O'tdi to'y-u,tomosha,
Dong'i ketdi tog' osha.
Savatlar to'la tosha,
Kuyovga sarpo keldi.

Keladi har hil savat,
Uch mahal issiq ovqat.
Qiz bergan qilar toqat,
Kuyovga sarpo keldi.

Eshikni qoqmoqda qish,
Sovqotmasin boyaqish.
Bu ham bir shirin tashvish,
Kuyovga sarpo keldi.

Kelar tug'ulgan kuni,
Ne ekan kami uni.
Topilar aytsa shuni,
Kuyovga sarpo keldi.

O'rtada agent kelin,
Shu bechoraga qiyin.
Ayb topmasin keyin,
Kuyovga sarpo keldi.

To'rt faslda ming bayram,
Yozmoqqa ojiz qalam.
Shunisi qilar alam,
Kuyovga sarpo keldi.

Qolib ketsa biror kim,
Ana tomosha tekin.
Kuyovga gapir sekin,
Kuyovga sarpo keldi.

Bo'lmasin araz gina,
Urushmasinlar sira.
O'tar chidang ozgina
Kuyovga sarpo keldi.

Gulday yonsin qizingiz,
Shular sizning izingiz.
Oshirib davlenangiz,
Kuyovga sarpo keldi.

Yasab turli hil odat,
Qilib qancha harajat.
Baxtli yashasin faqat
Kuyovga sarpo keldi.

IRODAXON QOSIMOVA.
16.11.2021 17:40


@Irodaxon_Qosimova