Get Mystery Box with random crypto!

Imtihonda tushadigan test savollari “Ma’rifat”da chop etiladi | Iqtisodiyot Universiteti

Imtihonda tushadigan test savollari “Ma’rifat”da chop etiladi

Karantin munosabati bilan barcha ta’lim muassasalari qatori o‘quv markazlari ham onlayn faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bu ayrim abituriyentlarning o‘qishga tayyorgarligiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatgani ma’lum. Gazetamiz bu boradagi bo‘shliqni ma’lum darajada to‘ldirishga hissa qo‘shmoqchi.

20-may sonidan boshlab Davlat test markazi bilan hamkorlikda aprobatsiyadan o‘tgan test savollarini e’lon qila boshlaymiz. Testlar saytimiz va telegram kanalimizda berilmaydi.

Gazetaga obuna bo‘lishni xohlovchilar uchun “Matbuot tarqatuvchi” va “O‘zbekiston pochtasi”ning hududiy filiallari telefon raqamlari berilgan jadvalni havola qilyapmiz.

“Ma’rifat”ga obuna bo‘ling va test savollari bilan tanishishga tayyorgarlikni hozirdan boshlang!

"Ma'rifat" gazetasining kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEbibUdy5b_xUFBaGA