Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi online | Shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_talabalar — Iqtisodchi online | Shaxsiy blog I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_talabalar — Iqtisodchi online | Shaxsiy blog
Kanal manzili: @iqtisodchi_talabalar
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

#grantlar
#Iqtisodiyot
#qonunchilik
#motivatsiya
#talabahayoti
Barchasi bitta kanalda🪐
Kontentimiz qiziqarli va foydali🤓
Bizning sahifalar:
🏠: @TalabagaUy
🏠: @Iqtisodchi_kvartira

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-09-22 09:25:46
Assalom alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari.

Sizlarga yangiligim bor. Biz ishimizni qonuniylashtirdik.

16-sentabrda YaTT sifatida ro'yxatdan õtgan bõlsakda, sizlarga e'lon qilish bugunga nasib etibdi. Sababi, ham õqishim ham ishimdan vaqt ajratib yagona darchaga, bankka, soliqqa borish ancha vaqtimni oldi. 4-kurs bõlganligim uchun maksimal darajada darslarni qoldirmaslikka harakat qilayabman. Shu bilan birga logistikadagi ishim ham qolib ketmasligi kerak (avval iqtisod keyin siyosat deganlaridek).

YaTT sifatida soliq tõlovchiga aylandik, hamda, faoliyatimiz tõlaqonli qonunishlashtirdik.

Rasmdagi ma'lumotlarni nega yopib qõyibsiz deganlar ham topiladi. Ularga javobim: u yerda mani shaxsiy ma'lumotlarim bor, ishonaver senga vabshe aloqasi yõq ularni.

Bizni faoliyatimizni kõchirmachilik qilgan, yoxud, bizning nomimizdan sõroqsiz ish qiluvchilarga nisbatan qonuniy davo qilishga haqqimiz borligini eslatib õtaman.

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉 :
https://t.me/+0JKWJk7K4oBjNWEy

@Iqtisodchi_talabalar
@Iqtisodchi_kvartira
5.5K views06:25
Ochish/sharhlash
2022-09-18 20:28:57
Ovqat pishirishni eplolmaydigan talabalarga jo'natamiz

Dõstlarga Ulashamiz

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉 :
https://t.me/+0JKWJk7K4oBjNWEy

@Iqtisodchi_talabalar
@Iqtisodchi_kvartira
5.8K views17:28
Ochish/sharhlash
2022-09-14 09:55:28 KANAL FAOLIYATI VA BA'ZI STATISTIKALAR HAQIDA

Kanal aynan ushbu faoliyatni may oyida boshlagan bo'lib shu vaqtgacha ancha tajriba oshirdi. Avval telegram kontentida bu mavzudagi kanal yoki gruppa bo'lgan bo'lsa bordir ammo tartibli va har bir ma'lumotga, imlo xatoga, uy egasining haqiqiy yoki soxtaligiga, kanaldagi uylarning maklersizligiga e'tibor qaratadigan kanal boshqa yo'q deb bemalol aytaolaman.

Albatta, xato va kamchiliklar ham yetarlicha bo'ldi sababi biz haqiqatdan ham ishladik, ish bor joyda xato bo'ladi bu aniq. Ammo ahil jamoamiz va TDIU ning hodimlarining amaliy yordami va maslahatlari bilan barcha muammolarni ijobiy hal qildik.

NEGA AYNAN TDIU?

Sababi oddiy. Õzim ushbu oliygoh talabasiman shu sabab TDIU talabalariga kanal uslugasi BEPUL boshqa sababi yoki TDIU dan oladigan moddiy manfaatim yo'q, keyin barcha stozlarim shu yerda, albatta, bir ish boshlashdan avval ustozlardan maslahat so'rayman. Kanal ochilganda ham, hozir ham va nasib etsa bundan keyin ham asosiy maqsadi talaba yoshlarga iloji boricha arzon maklersiz uylarni topib yetkazish bo'ladi In Shaa Alloh.

QARSHILIKLAR HAQIDA

Tan olaman kanal faoliyatini bir necha marotaba to'xtatishni õyladim, bunga asosiy sabab beo'ylov otilgan tana toshlari va ba'zi bir terpila maklerlarning ustimdan yozibergan arizalari sabab bõldi. Bularni ortiqcha yukdek qabul qildim, sababi 2 ta joyda ishim (bankda hamda logistikada) ham universitetda õqishim bor edi buncha narsani ichida keraksiz muammolar menga umuman keragi yõq edi. Shunday vaziyatlarda motivatsiya bergan ayajonim so'zlari va kanalim kuzatuvchilari yozib jo'natgan turli xil motivatsion real gaplar dalda bo'ldi manga.

Avvalambor Alloh ko'rguvchi va bilguvchidir, maqsadimiz aniq va bu yo'ldan qaytmaslikka qarshiliklarga uchraganda yana ham bundan kuch olishga qaror qildim. Payg'ambarimiz s.a.v ham dinimizni targ'ib qilgan vaqtlarda Makka ahli haqiqiy toshlar bilan tosh bo'ron qilib aziz boshlarini yorib shaxardan haydab yuborgan, bu voqeani eshitganimda manga qilingan qarshiliklarga sabr qilishim odamlar albatta bir kun bu ishlarning asl mohiyatini tushinib yetishini anglab yetdim.

Albatta ko'pgina norozilik bu kanalimiz uslugasiga borib taqaladi. Kanal uslugasini belgilashimdan asosiy 2 ta maqsad bor. Birinchisi bu pullik va shuning uchun ham qadr qiymatga ega, pul to'lagan narsasiga odam doim boshqacha e'tibor bilan qaraydi. Ikkinchisi, kanal faoliyatini bir õzim shuncha ishlarim orasida yuritolmayman, albatta, admin oldim yordamlashishga. U adminning xizmatini qadrlayman va tushumdan oylik beraman, qolgan tushumni kanal rivoji (qisqa vaqtda bunchalik katta auditoriya yig'ish ancha muncha sarf harajat talab qiladi, buni kanal yuritib ko'rganlar tushunadi) uchun ishlataman.

USHBU ĞOYA HAQIDA

Kanal ham g'oya ham 100% õzimniki. Bu fikr kelishiga sabab õzim ijaraga uy qidirib ancha sarson bõlganman. Hamma joy maklerli va qimmat. Makler haqi ham tõlagan joyim bõlgan, õz pulimni õz mehnatim bilan topganim uchun maklerga bergan pulim juda oğir botgan. Keyin uylarni maklersizlantirishni va arzonlashtirishni õyladim, natijada ushbu kanal ochildi.

BIZ NIMAGA ERISHDIK?

Keling ba'zi bir statistikalarga to'xtalaylik:

1. Shu kungacha 5192 ta talaba bizning kanaldan ijara uchun turar joy bilan ta'minlandi, shundan:

•944 nafari TDIU talabasi (334 nafari 1-kurs)
•887 nafari UZSWLU talabasi
•469 nafari Nizomiy talabasi
•926 nafari Milliy talabasi
•1636 nafari boshqa OTM talabalari
•331 nafari talaba bo'lmagan yoshlar hisoblanadi.

Bu raqamlar shunchaki raqam emas, bu 5192 ta inson va shuncha taqdir degani. Natijamiz õylaganimizdan ham yaxshi bo'ldi. Bemalol ayta olaman birorta tashkilot yoki muassasa yõqki shuncha talabani MAKLERSIZ kvartira bilan taminlay oladigan. Bu maqtanishimizga va baralla aytaolishimizga arziydigan raqamlardir.

Qõshimcha:

Kanal tarkibi:
42% qizlar
54% yigitlar
4% oilalilar

Adminga berilgan baho:

1754 ta ovozdan õrtacha foizi 65%

Shundan:
668 ta odam 10 ball
355 ta odam 1 ball bergan.

Dõstlarga Ulashamiz

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉 :
https://t.me/+0JKWJk7K4oBjNWEy

@Iqtisodchi_talabalar
7.1K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-09-11 10:35:45
#talabaga_yengillik

Talabalar uchun 10 ming o‘rinli turar joy hozirlanmoqda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Toshkent shahar hokimi boshchiligidagi mas’ullar va OAV vakillari talabalar uchun tayyorlanayotgan “Tashkent indeks”dagi sharoitlarni borib ko‘rdi


Dõstlarga Ulashamiz

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉 :
https://t.me/+0JKWJk7K4oBjNWEy

@Iqtisodchi_talabalar
@Iqtisodchi_kvartira
6.5K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-09-11 10:22:11
Hurmatli qizlar...
O'zingizni ehtiyot qiling...


Dõstlarga Ulashamiz

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉 :
https://t.me/+0JKWJk7K4oBjNWEy

@Iqtisodchi_talabalar
@Iqtisodchi_kvartira
5.4K views07:22
Ochish/sharhlash
2022-09-11 07:04:35
Kimgadir yozayotganda, yozish madaniyatiga e'tibor bering azizlar.

Dõstlarga Ulashamiz

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉 :
https://t.me/+0JKWJk7K4oBjNWEy

@Iqtisodchi_talabalar
@Iqtisodchi_kvartira
4.4K views04:04
Ochish/sharhlash
2022-09-10 09:28:55
O balki o'rniga meni olishar

Na kulishi bilasan na hafa bo'lishi


Dõstlarga Ulashamiz

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒖𝒍𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉 :
https://t.me/+0JKWJk7K4oBjNWEy

@Iqtisodchi_talabalar
@Iqtisodchi_kvartira
7.2K views06:28
Ochish/sharhlash
2022-09-06 11:20:31 Bu ishni boshlashimdan oldin akam aytgandi, "savob ishni oxiri tana" deb.

Haqiqatdan shunaqa ekan.

O'zim ko'plar ishga kirishga orzu qiladigan logistikada ishliman oyligim Allohga shukur o'zimga yetadi.

Sizlardan olinadigan 20 ming so'm uslugani kanalim adminlariga oylik qilib beraman(bu haqida yozganman)

Savob ishni oxiri shuncha tana dashnom eshitish bo'lsa, nimaga kerak menga bu ortiqcha yuk. Bu yukni ko'tarishdan juda charchadim.

Yordam bermoqchiman deganimda hammasi sen qahramon emassan maqsading nima deyishdi. Soqqa qilmoqchimisan deb yuzimga haqoratli savollar berishdi.

Maklerlarga uy pulining yarmini berishadi ammo bizning usluga ko'ziga ko'rinadi.

Nechtadan nechta pulim yo'q, ilojim yo'q, sharoitim yo'q deganlarga kanal uslugasini olmasdan BEPULGA uy egalarini nomerini berdik. Bu gaplarni aytmasak hech kim bilmaydi, shu sababdan bizning kanalning asl maqsadini boshqacha talqin qilishdi. Savob ish aytilmaydi, qilinadi. Ammo aytmasak bilishmaydi. Aytganimizda esa, haqiqatdan yordam berganimizni ko'rsatganimizda. Riyokorga chiqarishdi.

Ochig'ini aytaman oxirgi 2 haftadan beri kuniga 300 dan ortiq talabaga bittalab javob beryabmiz. Juda juda qiyin bo'lib ketyabdi hammaga javob yozish, har xil harakterli odamlarga bir xilda muomila qilish va muammosi ustida alohida ishlash. Ba'zana asabiylashib haqoratlaganlarga o'ziga yarasha javob berdim, sal hovurimdan tushib Astag'firulloh deya, boshqa kanal obunachilariga yana odatiy muomila qildik. Rosti oson emas ekan. Ba'zilar o'z bolasiga buncha e'tibor berishmaydi rosti.

Shunday qilib jamiyat o'zini o'zi yemiradi. Bitta yordam beradigan chiqadi va hamma undan oshirib qo'ygandek yordam so'raydi ulgurmasa yordam bermayabsan deydi, ozgina haq so'rasa maqsading boshqa ekan deydi, qo'lidan kelmaydigan yordamni so'rasa nima qilasan bu ishni yig'ishtrib qo'ygin deydi. Shunday qilib haligi odamni hafsalasini pir qilib o'zlaridan biriga aylantirishadi.

Men ham talabaman, men ham makler to'laganman, men ham sizlardek oddiy insonman bir maqsadim bor edi. Iloji boricha ijara narxlarini tushirish va talabalarga maklersiz holda yetkazish. Shu sababdan TOSHKENT ARZON MAKLERSIZ KVARTIRA deb nom berganman. TOSHKENT TEKIN MAKLERSIZ KVARTIRA deb emas. Arzon so'zini ba'zi tarjimonlar Tekinga aylantrib yana dashnom qilishdi. Maklerdan nima farqing bor ham deyishdi. Farqim shundaki, kanalimdagi barcha uy egalarini raqamini 20 ming so'm evaziga beraman. Har bir uy uchun 50$ dan 200$ gacha MAKLER HAQI olmayman. Qo'limdan kelmagani uchun emas. Maqsadim aniq va bu mani maqsadimga mos kelmagani uchun u ishni qilmayman. Hatto o'zim makler haqi to'lab olgan kvartiramga ham makler haqi so'ramasdan bola oldim, 2 ta Farg'onalik, 1 ta Jizzaxlik bolalar. Barini Alloh bilguvchi va ko'rguvchidir.

O'zingiz musofir bo'lib ko'rmagansiz bizni tushunmaysiz ham deyishdi. Adashasiz 2012-yil 7-sinfligimda Uyimdan uzoqqa boshqa viloyatga Qorako'lga borib musofirlikni ba'zilardan ancha oldin ko'rganman. 12 yil to'ldi uyimdan uzoqda musofirlikda erkin yashayabman.

Shuncha muammo, kamchilik va dilhiralikka qaramasdan kanalimiz nimagadir bõlsada erisholdi.

Bunga misol qilib, kanal faoliyatini boshlagandan buyon to bugungacha 3814 ta talabaga maklersiz ijaraga kvartira topiberilganini misol qilsak bõladi. Manimcha bundan ortiq yutuq bõlmasa kerak kanalimiz uchun.

Kanal uslugasini tõlaganlar havotrlanmang 1 OY aytilgan muddatgacha siz qõshilgan yopiq kanal õz faoliyatini davom ettiradi, nomer ham sizlarga vada qilingan kvartira haqidagi ma'lumotlar ham tashlanadi õsha yopiq kanalimizga.

Balki bu ishni mendan boshqasi yaxshiroq eplar, ammo sabrim deyarli tugadi. Hech bõlmaganda harakat qilib kõrdim.

TDIU uchun yopiq kanal ishi tõxtamaydi. TDIU talabalarigina ushbu kanaldan cheklovlarsiz foydalana oladi.

TAKLIF: AGARDA BIRORTA UNIVERSITET MASUL LAVOZIMLI HODIMI BIZNING QILGAN ISHNI ÕZINING UNIVERSITET TALABALARI UCHUN AMALGA OSHIRMOQCHI BO'LSA, @Iqtisodchiadmin GA MUROJAAT QILISHSIN. HAMMASINI ÕRGATAMIZ HECH QAYSI UNIVERSITET TASHABBUSINI E'TIBORSIZ QOLDIRMAYMIZ

Hurmat bilan adminingiz:
@Iqtisodchiadmin
7.1K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-09-06 11:18:26
Men yozganimni yaxshilab tushuninglar. Keyin gapiringlar.

Oshim halol xohlagan joyimda yeyman, kanal kommentini ochib qo'yganim ham bunga isbot.

Kommentni ochib qo'yganman, bu degani xohlagandek so'kinilar degani emas.

Fikrilani bildirish uchun ochilgan.

Men bilan nimadir muammoingiz bo'lsa.

Marhamat lichkamga yozing.
Manzilim ham nomim ham ma'lum.

Mana bu ukamiz kommentda har xil qoziqda turmaydigan gaplarni gapirib amakisini mani oldimga jo'natarkan
@Milliy1606

Yana amakisini jo'natmoqchi bo'lganlar bo'lsa marhamat. Nimadir yomon ish qilgan bo'lsak javobini beramiz.
5.9K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-09-05 12:26:47
A238 gacha bo'lgan kvartiralarning DEYARLI barchasi, ya'ni kanalda bor DEYARLI barcha kvartiralar #TOPSHIRILDI

Jami: 3496 ta talaba ijara joy bilan ta'minlandi
( kanal faoliyati boshlangandan hozirgi vaqtgacha, 5- sentabr 13:20 holatiga ko'ra)

Kecha juda katta bosimda qolib deyarli mingdan ortiq uy egalariga telefon qilib kvartira so'rab chiqildi. Kecha yordamlashganlar ham guvoh kvartira topish juda juda qiyin bo'lib qoldi. Maklersiz kvartira esa hom hayolga aylanyandi shu kunlarda.

O'zim va 2 ta adminim ulgurmaganligimiz sababli kanal obunachilari ichidan ko'ngillilar yordam berishdi. Ulardan Alloh rozi bo'lsin.

Shu hafta shunday bo'ladi.
Maklersiz uy uyoda tursin Maklerli uylarni ham yetkazib berolishmayabdi.

Biz ham ma'lum imkoniyatimizdan foydalanib maksimal darajada topishga harakat qilamiz.

Uy egalariga ham maklerlarga ham Alloh insof bersin, narxni sun'iy oshirmasin.

Biz bilan qoling, yangi kvartiralarni ertalardan topishga harakat qilamiz...

@Iqtisodchi_kvartira
1.7K views09:26
Ochish/sharhlash