Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi kundaliklari

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaliklari — Iqtisodchi kundaliklari I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaliklari — Iqtisodchi kundaliklari
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaliklari
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-03-01 19:39:55 Ayollarga berilayotgan imtiyozlarning aksari ta'lim sohasida ekan. Lekin imtiyozlar berishda ehtiyot bo'lish kerak, nafaqat iqtisodiyot, balki ta'lim sohasida ham. Alohida kvotalar, davlat grantlari, ma'lum guruhlarga beriladigan imtiyozlar oliygohga kirish uchun emas, kirishga yetarli darajada tayyorlanish uchun berilishi kerak.

Masalan, kam ta'minlangan oilada farzandning oliy o'quv yurtiga kira olmasligi sababi repetitorga borish uchun mablag' yetishmovchiligi bo'lishi mumkin. Lekin bu uchun davlat uning shartnoma to'lovini to'liq to'lab berishi shart emas, repetitori uchun to'lovni to'lab berishi yetarli deb o'ylayman. Shunday qilinsa oliygohga kirishda raqobat yanada sog'lomlashadi, chindanda bilimi bor abituriyent talaba bo'la oladi. Kontrakt shartnomasini to'lashga qurbi yetmaydigan oila farzandlarini o'qitish xarajatlari chet elda ham qoplab beriladi. Bizdan farqli tomoni shundaki, o'sha moddiy yordamni olish uchun abituriyent imtihondan o'tishi shart bo'ladi.

Yaxshiroq o'ylab qaraganda, so'nggi yillarda oliy ma'lumotga ega sinfning ulushini oshirishga har tomonlama zo'r berilmoqda, afsuski sifat haqida ko'p ham mulohaza qilinayotgani yo'q.
207 viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2022-03-01 19:24:55 Gender tengligini ta'minlash deganda ko'pincha ayollarning huquqlarini himoya qilishni tushunishga o'rganib qolganmiz. Menimcha, bu ketishda erkaklarning huquqlari himoyasi haqida ham e'tirozlar ko'payib ketadi.
146 viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2022-02-28 21:05:55 O'zbekiston va rivojlangan davlatlar o'rtasidagi farqlar muhokama qilinsa mana shu mavzuni anchagacha o'y-hayollarimdan chiqarolmay yuraman, bugun ham shunday bo'ldi.

To'g'risini aytsam jamiyatdagi aholining dunyoqarashi juda tor ekaniga, turli xil odamni g'ashiga tegadigan fikrlar keng ko'lamda jamiyatning ongiga o'rnashib qolganiga achinaman. Yana biz mana shu avlod va uning zurriyodlari bilan rennesans qilishni maqsad qilishimiz biroz erish tuyuladi.

Shu o'rinda yaqin kelajakda hukumat nima xohlaydi-yu, jamiyat nima xohlaydi degan savol ham yo'q emas. Shaxsan menda hukumatning istaklari bo'yicha e'tiroz yo'q, deyarli barcha reja va maqsadlar yaxshi, lekin hamma muammo uni amalga oshirish uchun qilinadigan chora-tadbirlarda. Jamiyatda esa maqsadlar to'g'ri deyishga qiynalaman. Balki noto'g'ri xulosa qilayotgandirman, lekin har qalay bu shaxsiy fikrim, xato qilishga haqqim bor.

Maktabga yiliga 9 oy qatnash kerak bo'lgan bolalar oromgohi sifatida, oliy ta'limga 4 yildan so'ng ishga joylashish uchun chidash majburiy bo'lgan muddat sifatida qaraymiz. Diplomni ham olishga oldik, endi biror davlat idorasiga ishga kiramiz, kreditga qora "Gentra" olamiz, peshonagacha qarzga botib to'y qilamiz, qarzlardan boshimiz chiqadi, keyin ipoteka kreditga uy olamiz, uni to'lab bitirgunimizcha yosh ham bir joyga borib qolarkan, endi pensiyaga chiqsak ham bo'ladi...

Bular kelajakdagi eng asosiy rejalari haqida so'raganimda eng ko'p oladigan javobim asosidagi ssenariy, boshqacharoq aytadigan bo'lsak, kimlardir uchun ideal baxt. Bularning o'rnida ozgina og'irroq tosh bosadigan reja va maqsadlar bo'lishini xohlar edim. To'g'ri, bu shaxsiy hayot, aralashishga haqqim yo'q, lekin keng qamrovda olib qaraganda bu men yashaydigan jamiyat va atrofimdagi insonlar, bunga bee'tibor bo'lish qiyin.

Yana o'sha xulosa: har qanday rennesans uchun ilm kerak, ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay.

@iqtisodchi_kundaliklari
226 viewsedited  18:05
Ochish/sharhlash
2022-02-26 17:25:12 Rossiyaning avtonom respublikalarida mustaqillik harakati uchun qulay vaziyat paydo bo'lib turgan bir paytda Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Putinga ergashmoqda, qizi esa urushga qarshi, kutamiz ; )
221 views14:25
Ochish/sharhlash
2022-02-24 21:35:55 ​​Urush degan palakatni, ko‘pincha, kaltafahm siyosatdonlar o‘ylab topadi. To‘nkamijoz generallar boshlaydi. Jabrini esa begunohlar tortadi. Begunoh askar. Begunoh ota. Begunoh ona. Begunoh kelin. Begunoh go‘dak…

O‘tkir Hoshimov, "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
282 views18:35
Ochish/sharhlash
2022-02-23 18:28:38 Shanba kuni 20:00da migratsiya, uning O'zbekiston iqtisodiyotidagi o'rni, Rossiyadagi holat va uning migratsion faoliyatga ta'siri haqida suhbat qilamiz.

Ushbu sohaga qiziquvchilarni taklif qiling. Savollar bo'lsa, mana shu post ostida qoldirishingiz mumkin.
228 viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2022-02-22 20:21:40 Shuni baribir yozgim keldi. Rossiya Ukraina hududiga kirmay turib uni egallay boshladi-a? ; )
208 viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
2022-02-22 19:50:23
Davlat tomonidan qurilish qilinganida pudratchi va buyurtmachi o'rtasida imzolanadigan shartnoma bo'yicha qurilish shu ko'rinishda moliyalashtirilar ekan. To'g'risi, ishonish biroz qiyin. Kimdadir shu bo'yicha ma'lumot bo'lsa ulashib qo'ysa yaxshi bo'lardi.

Agar qurilish uchun mablag' shu tarzda berilsa shunday xulosalar qilish mumkin: qurilishni bitirish uchun loyihaning yarim mablag'i yetarli; yoki qurilish qiladigan pudratchi tashkilotning o'zida mablag' bo'lishi kerak; yoki qurilishda kam yoki sifatsiz xom-ashyodan foydalaniladi.
199 viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash