Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi paytlarda juda ko'p negativ fikrlashni odat qilib oldik | Iqtisodchi kundaliklari

Oxirgi paytlarda juda ko'p negativ fikrlashni odat qilib oldik. Turmush darajamiz past, ish o'rinlari kam, daromadlarimiz yaxshi yashash uchun yetmaydi va yana nimadirlar...

To'g'ri inflatsiya yuqori, jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot past, tashqi iqtisodiy aloqalarimiz xavas qiladigan darajada emas, dunyo hamjamiyatida obro'-etiborimiz ham baland emas, qarzlarimiz ham anchaga yetib qoldi lekin hech kim ochlikdan o'layotgani yo'q, hammasi kundan-kunga yaxshilanmoqda. Barchamiz ertangi kunga kuchli ishonch bilan qaraymiz.

Dunyodagi vaziyat tobora tahlikali tus olib borayotgan bir vaqtda azaliy hamkorimiz bo'lib kelgan Rossiya Federatsiyasi bilan do'stona aloqalarini yaxshilab, ularga har tomonlama yordam berishimiz va shu orqali o'z iqtisodiyotimizni ham rivojlantirishimiz lozim...

Shu yerda stop :) Xulosa qilishga shoshilmang, chuqurroq nafas olib, bugungi sanaga bir qarab qo'ying ;)

@iqtisodchi_kundaliklari