Get Mystery Box with random crypto!

Avvallari oʻzim haqimda nohaq gaplar eshitsam 'gunohimni olish | Iqro bekati

Avvallari oʻzim haqimda nohaq gaplar eshitsam "gunohimni olishibdida" deb qoʻyardim oʻzimga-oʻzim. Ammo keyin (aynan qayerda oʻqib qolganim yodimda yoʻq) bu holatdan quvonish toʻgʻri emasligini bildim. Chunki sizni gʻiybat qilish orqali bir moʻminning gunohi koʻpaymoqda. Biz shunchalar mukammal din vakillarimizki, birodarlarimizning gunoh ishlayotganini koʻrish ham bizni xursand qilmasligi kerak, aksincha, ularning nomiga istigʻfor aytishga undashi lozim...

@iqrobekati