2022-09-01 20:31:17
Alloh unga yaxshirog'ini evaz qilib berdi...
Ibn Rajab va undan boshqalar ham bu voqeani hikoya qilishadi:
Obid bandalardan bo'lgan kishi Makkada ekan chog'ida hech vaqosi qolmagani sababli och-naxor qolib, o'lar holatga yetdi. Makka ko'chalaridan birida aylanib yurar ekan nogahon yerda yotgan qimmatbaho marjonni bosib olib, oyog'i toyilib ketdi. Uni cho'ntagiga solib, haramga kirdi. Haramda bir kishi ana shu marjon haqida gapirar edi. Marjonni topib olgan kishi aytadi: "U odam marjonning tuzilishlarini to'g'ri aytdi, menga biror bir suyunchi berar, degan niyatda unga marjonni berdim. U hech narsaga qaramay, bir dirham bermasdan marjonni olib ketdi". Shunda men: "Allohim, men topib olgan narsa — marjonni Sen uchun tark qildim, menga bundan ham yaxshirog'ini bergin", deb duo qildim.
Shundan so'ng dengizga borib qayiqqa o'tirdim. Kuchli shamol esib qayiq ag'darildi, men esa bir yog'ochga minib, orolga yetib keldim, u yerda masjid bor ekan. Odamlar u yerda namoz o'qishayotganini ko'rib, men ham ular bilan namoz o'qidim. Keyin o'sha yerda Qur'on sahifalaridan bir nechtasini topib, o'qiy boshladim. Orol ahli meni Qur'on o'qishimni bilganlaridan so'ng, farzandlariga ham Qur'on ilmini o'rgatishimni so'rashdi. Shundan so'ng, men ularning farzandlariga maosh evaziga Qur'on o'qita boshladim.
Orol ahli menga: "Ota-onasidan erta ayrilgan, yaxshi bir qizga uylanishimni taklif qilishdi. Men rozilik bildirib, unga uylandim. To'y kuni uning oldida kirar ekanman, bo'ynida men topgan ayni o'sha marjon edi. O'shanda qizning otasi marjonni topib sajda holatda, qiziga mana shunda halol juft so'ragan ekanligini, aytib berdi. Uning otasi aytgan kishi men edim."
Men Alloh uchun marjonni tark qilgan edim, Alloh menga undan ham yaxshirog'ini evaz qilib berdi...
"Mahzun bo'lma" kitobidan
@IQRO_markazi
62 views17:31