Get Mystery Box with random crypto!

Global money week 2024 — Ipoteka-bank bilan moliyaviy havfsizl | Ipotekabank OTP Group



Global money week 2024 — Ipoteka-bank bilan moliyaviy havfsizlikka erishing.


Umumjahon pul haftaligi (Global money week) - ta'lim dasturi doirasida har yili dunyo bo‘yicha yoshlar moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyiha tadbirlari amalga oshiriladi. Joriy yilda O'zbekiston miqyosida bo'lib o'tgan tadbir ham o‘zgacha shukuhga boy bo'ldi.

Xususan, joriy yilning aprel-may oylarida Ipoteka-bank tomonidan “Raqamli moliyaviy savodxonlik, raqamli havfsizlik” mavzularida o‘tkazilgan tadbirlarda butun respublika bo‘yicha 28 maktab, 5 ta oliy ta'lim muassasalaridan 2000dan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan trening davomida o‘quvchilarga loyihani o‘quv fanlariga integratsiya qilish usullari, kundalik turmush tarzida raqamli moliyaviy savodxonligini muntazam oshirib borish yo‘llari haqida ma'lumotlar berilib, amaliy tatbiq etish metodlari ko‘rib chiqildi.

Faol o‘quvchi va talabalar tadbir davomida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shu o'rinda, ushbu tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Telegram   |   Instagram
Facebook  |     Linkedin
Youtube    |     Sayt