Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli obunachilar! Biz 'Moliyaviy dayjest' rubrikasiga s | Ipotekabank OTP Group

Hurmatli obunachilar!

Biz "Moliyaviy dayjest" rubrikasiga start bermoqdamiz, unda global va mahalliy iqtisodiy yangiliklarni yoritamiz.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston bank sektori faoliyatini baholadi.

Yil boshidan beri bank depozitlarining o‘sish sur’ati sekinlashgan. Bank tizimidagi depozitlar hajmi 2023-yilning 1-choragida 42 foizga o‘sgan bo‘lsa, joriy yilning hisobot davrida bu ko‘rsatkich atigi 13 foizni tashkil etgan. Xorijiy valyutadagi depozitlarning ulushi 38 foizdan 29 foizga kamaygan. Jismoniy shaxslarning kredit portfelining o'sishi yil davomida tezlashgan va 32,1 foizni tashkil etgan.

2024-yil boshidan buyon O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasiga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati firibgarlik bilan bog‘liq.

Uyushma ekspertlari bunday firibgarlik qurboniga aylangan fuqarolar bilan muloqot qilganda, aksariyat hollarda jinoyatchilar murojaat etuvchilarga tegishli aniq faktlarni keltirgani ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirgan, lekin inflyatsiya prognozini qayta ko‘rib chiqgan.

Regulyator energiya tariflarining oshishini hisobga olgan holda inflyatsiya prognozini 9-11 foizga oshirgan, biroq bu o‘zgarishlarning iqtisodiyotdagi narxlarga ta’siri bir martalik xarakterga ega, deb hisoblaydi. 2023-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6 foiz o‘sishni ko‘rsatgan, Markaziy bank prognozlariga ko‘ra, u 2024-yilda 5,3 foizga o‘sadi.

Telegram-kanalimizda eng so’nggi moliyaviy yangiliklardan xabardor bo'ling!

Telegram   |   Instagram
Facebook  |     Linkedin
Youtube    |     Sayt