Get Mystery Box with random crypto!

Biz oʼz tajribamizda firibgarlarni oʼzining noqonuniy harakati | Ipotekabank OTP Group

Biz oʼz tajribamizda firibgarlarni oʼzining noqonuniy harakati yoʼlida yoʼl qoʼyayotgan yana bir hiylalariga guvoh boʼlayapmiz.

Ipoteka-bank barcha mijozilarini ogohlantiradi!

Ular endilikda foydalanuvchilarga maxsus “ANYDESK” dasturini yuklab olish taklifini bergan holda qurilma boshqaruvini oʼz zimmalariga olib, undagi barcha mablagʼlarni yechib olishmoqda.

Bunday aldovlarga uchramaslik uchun:

shaxsiy maʼlumotlaringizni (karta raqami, muddati, mahfiy kod) hech kimga oshkor qilmang;

shubhali dasturlarni yuklamang va nomaʼlum shaxslar bilan yozishmalarga kirishmang;

shubhali havolalar ustiga bosmang.

Shu kabi shubhali holatlarga duch kelsangiz, Ipoteka-bankning 1233 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qiling.

Yaqinlaringizni ham bu haqida ogohlantiring!

Telegram | Instagram
Facebook | Linkedin
Youtube | Sayt