Get Mystery Box with random crypto!

“Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida kuni kecha Ipoteka-bank va Ma | Ipotekabank OTP Group

“Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida kuni kecha Ipoteka-bank va MasterCard aksiyasi doirasida gʼolib boʼlgan sovrindorlarga qimmatbaho sovgʼalarni topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

Oʼzgacha kayfiyat bilan kutib olingan tadbirni Bank Boshqaruvi Raisi E.Inomjonov ochib berib, barcha ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan yurtimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi hamda ushbu sovgʼalar bankimiz mijozlari uchun munosib bayram sovgʼasi boʼlganidan mamnun ekanligini taʼkidlab oʼtdi.

Shundan soʼng, yurtimizning turli hududlarida gʼolib boʼlgan sovrindorlarga 63 ta qimmatbaho sovgʼalar, jumladan, aqlli soatlar, Samsung planshetlari, iPhone 13 samartfonlari, HP noutbuklari, smart televizorlari tantanali ravishda Bank Boshqaruv Raisining oʼrinbosari Joʼrabek Zulfikarov tomonidan topshirildi.

Bosh sovrin Volkswagen e-Lavida elektromobilining kaliti qashqadaryolik mijozimiz, oʼqituvchilikni kasb etgan Gulnora Saidovaga nasib qildi.

Shu oʼrinda eslatma, aksiya gʼoliblari joriy yilning 26 avgust sanasida ijtimoiy tarmoqlar (Facebook va Instagram) orqali tasodifiy tanlov asosida jonli efirda aniqlangan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | Youtube |Sayt