Get Mystery Box with random crypto!

Yongʼinni oʼchirgandan koʼra, uning oldini olish maqsadga muvo | Ipotekabank OTP Group

Yongʼinni oʼchirgandan koʼra, uning oldini olish maqsadga muvofiq

Joriy yilning 25 avgust kuni “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida “Bank hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda bank rahbariyati, Fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi hamda FVDT xizmatlarining hamkorlikda harakatlari” mavzusida maxsus–taktik oʼquv mashqi oʼtkazildi.

Maxsus-taktik oʼquv mashqining oʼtkazishdan maqsad, bank rahbariyati va Fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibini kechiktirib boʼlmaydigan avariya va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirish, bank hududida favqulodda vaziyatlar sodir boʼlganda Fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining oʼz majburiyatlarini aniq va toʼgʼri bajarishini amaliyotda sinash va oʼrgatishdir.

“Yongʼinni oʼchirgandan koʼra, uning oldini olish maqsadga muvofiq” shioriga amal qilib nazoratni kuchaytirsak, bir yoqadan bosh chiqarib yongʼin xavfsizligi qoidalariga amal qilsak, «tilsiz yov»ni jilovlagan, oʼzimiz va atrofimizdagilarning hayoti, sogʼligʼini asrashga oʼz hissamizni qoʼshgan boʼlar edik.

Аlohida taʼkidlash kerakki, ushbu tadbirda Bosh ofisning barcha rahbar va xodimlari faol ishtirok etdilar hamda favqulodda vaziyatlar yuz berganda tezkor harakatlanish boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼlishdi.

Аmaliy tarzda oʼtkazilgan maxsus–taktik oʼquv mashqi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | Youtube |Sayt