Get Mystery Box with random crypto!

“Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” Bugun “Ipoteka-bank | Ipotekabank OTP Group

“Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz”

Bugun “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisida yurtimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlangan “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Unda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, OzLiDeP Toshkent shahar Kengashi aʼzolari, bank rahbariyati hamda xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Vatanga boʼlgan muhabbat eng yuksak tuygʼulardan ekanligi, unga sadoqat bilan xizmat qilish har bir komil insonning burchi boʼlib qolishi haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat va qadriyatlarning hayotimizdagi oʼrni haqida soʼz bordi.

Yuqori kayfiyat va yoqimli suhbat soʼnggida ishtirokchilar fikrlari tinglandi.

Batafsil: https://www.ipotekabank.uz/uz/news/news240822id

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | Youtube |Sayt