Get Mystery Box with random crypto!

Ipoteka-bankning navbatdagi zamonaviy bank xizmatlari markazi | Ipotekabank OTP Group

Ipoteka-bankning navbatdagi zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

Toshkent shahrida aholining bank xizmatlariga bo’lgan talablarini sifatli va o’z vaqtida qondirish maqsadida kuni kecha o'z faoliyatini boshlagan “Ekobozor” hududida “Ipoteka-bank” ATIB yangi bank xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi.

“Huvaydo” bank xizmatlar markazi zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan boʼlib, bank xizmatlari isteʼmolchilari hamda mijozlarga sifatli va zamonaviy xizmat koʼrsatish uchun barcha sharoitlarga ega.

Shuningdek, markaz tomonidan omonat rasmiylashtirish, kredit ajratish, hisob raqamlarga xizmat koʼrsatish, mobil ilova orqali masofadan toʼlovlarni amalga oshirish, kreditlarni so'ndirish, kommunal va boshqa to'lovlarni qabul qilish kabi xizmat turlari ko'rsatiladi.

Manzil: https://maps.app.goo.gl/Cq9sKbBamCs8pwM57

Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin | Youtube |Sayt