Get Mystery Box with random crypto!

40 yil davomida Xitoyda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha is | IpakNews.uz

40 yil davomida Xitoyda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Bu uchun birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi isloh qilindi:
• 1979 yil. “Kommuna” yerlari dehqon oilalariga oz-ozdan bo‘lib berildi. Dehqonlar davlat idoralarining tazyiqidan xalos etish bo‘yicha ishlar olib borildi, chunki bu real natija berishini Xitoy kompartiyasi rahbarlari o‘z ko‘zlari bilan ko‘ra boshlashdi. 
• 1981 yilga kelib 98 foiz ekin yerlari 180 million dehqon oilalari tasarrufida edi. Xitoy Konstitutsiyasida fuqarolarning xususiy mulkchilik huquqlari biriktirildi, bu qishloqlarda xususiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ldi, hamda qishloqlarda mislsiz ko‘plab xususiy korxonalar tuzilishiga turtki bo‘ldi. Dehqonlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, o‘z ixtiyorlari bilan (yuqoridan buyruq bo‘lgani uchun emas), kichik kooperativlarga, keyin esa assotsiatsiyalarga va katta kooperativlarga birlasha boshlashdi.
• 1985 yil. Xitoy o‘zining ko‘p sonli aholisini to‘yg‘azib, don eksport qila boshladi. Xitoy rahbari Den Syaopin «Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi» degan siyosatni e’lon qildi. Va bu shior real ishlar bilan, avvalo dehqonni ozod dehqonga aylantirishga qaratilgan ishlar bilan quvvatlandi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews