Get Mystery Box with random crypto!

NATO bosh kotibi: «Urush Rossiya rejasi bo‘yicha kechmayapti, | IpakNews.uz

NATO bosh kotibi: «Urush Rossiya rejasi bo‘yicha kechmayapti, Ukraina g‘olib bo‘la oladi»

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning aytishicha, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari Kreml kutganidek rivojlanmayapti.
Berlinda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Finlandiya va Shvetsiyaning vakillik masalasi hamda Ukrainadagi holat muhokama qilindi. Alyans yetakchisi Stoltenberg uchrashuvda Ukrainadagi voqealar haqida gapirdi.

«Urush Rossiya kutganidek kechmayapti. Ular Kiyevni ololmadi, Xarkovdan ham chekinishyapti, Donbassga yurishlari sekin kechmoqda. Rossiya strategik maqsadlariga erisha olmayapti. Putin Ukraina yengilishini istaydi, ammo Ukraina o‘z yerlarini mardonavor himoya qilmoqda va bu urushda yenga oladi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews