Get Mystery Box with random crypto!

Toyota Shanhaydagi karantin sababli Yaponiyadagi sakkizta zavo | IpakNews.uz

Toyota Shanhaydagi karantin sababli Yaponiyadagi sakkizta zavodida ishni to‘xtatadi

Toyota may oyi uchun ishlab chiqarish rejasini 750 000 ta avtomobildan 700 000 tagacha qisqartirdi. 
Zavodlarda ish 16 maydan 21 mayga qadar to‘xtatiladi, deya aniqlik kiritgan avtokonsern. 

Mart oyida Toyota kuchli zilzila tufayli barcha zavodlarida ishni to‘xtatib qo‘ygan edi, o‘shanda yer silkinishi ehtiyot qismlari taqchilligiga olib keldi.    Avvalroq Toyota mart oyidagi ishlab chiqarish rejalarini 50 000 ta avtomobilga, keyin esa aprel oyi uchun 150 000 ta avtomobilga qisqartirdi, shuningdek, ishlab chiqarishning may va iyun oylaridagi maqsadli ko‘rsatkichlarga nisbatan kamayishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. 

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews