Get Mystery Box with random crypto!

Olaf Shols 'boshqa Rossiya' bilan ko‘priklarni buzmaslikka cha | IpakNews.uz

Olaf Shols "boshqa Rossiya" bilan ko‘priklarni buzmaslikka chaqirdi

Yevropa Kengashi sammitida Germaniya kansleri Olaf Shols prezident Vladimir Putin va uning hukumatiga qarshi bo‘lgan “boshqa Rossiya” bilan ko‘priklarni buzmaslik tarafdori ekanligini ma’lum qildi. 46 ishtirokchi davlatdan 30 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan sammit avvalida Shols aytishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bir nuqtada tugaydi. “Bir narsa aniq – bu Putin imperializmining g‘alabasi bilan tugamaydi”, — dedi Germaniya kansleri.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina adolatli tinchlikka erishilmaguncha yordam oladi. “Ungacha biz, Yevropa Kengashi, boshqa Rossiya, boshqa Belarus vakillari bilan ko‘prik bog‘lashimiz va shu tariqa har ikki davlatning demokratik, tinch kelajagi imkoniyatini saqlab qolishimiz kerak”, — dedi u. Shu bilan birga, u Rossiyani Ukrainadagi harbiy jinoyatlari uchun izchil jazolashga chaqirdi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews