Get Mystery Box with random crypto!

Tanzila Norboyeva Ozarboyjon Respublikasi prezidenti bilan uch | IpakNews.uz

Tanzila Norboyeva Ozarboyjon Respublikasi prezidenti bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi shu kunlarda amaliy tashrif bilan Ozarboyjon Respublikasida bo‘lib turibdi.
15 may kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Prezident Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Ozarboyjonning atoqli davlat va jamoat arbobi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Milliy Majlisning navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etayotgani, ushbu mamlakatning umummilliy lideri xotirasiga ko‘rsatilgan yuksak hurmat-ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlarining bugungi holatiga to‘xtalar ekan, Ilhom Aliyev ular izchil ravishda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews