Get Mystery Box with random crypto!

Chaqiruv qog‘ozi olgan rossiyaliklarga mamlakatdan chiqib keti | IpakNews.uz

Chaqiruv qog‘ozi olgan rossiyaliklarga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlanadi

Rossiya Federatsiyasida harbiy ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlar chaqiruv qog‘ozi olgan shaxslarga mamlakatdan chiqib ketishni taqiqlashni nazarda tutadi, deya xabar berdi «Interfaks» Davlat dumasi qonunchilik faoliyati bazasidagi hujjatga tayanib. 
«Harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lgan va harbiy komissarlikdan chaqiruv qog‘ozi olgan fuqarolarga federal qonunga muvofiq chaqiruv hujjati topshirilgan deb hisoblanadi. O‘sha kundan boshlab unga Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketish taqiqlanadi», deyiladi hujjatda. 
Qayd etilishicha, bunday chora fuqaro harbiy komissarlik bo‘limiga kelguniga qadar amal qiladi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews